Nodir Davlatov: "Olmaliq" o'z maydoniga har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatadi"
03 avg 2016 11:08
Yangiliklar


Nodir Davlatov: "Olmaliq" o'z maydoniga har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatadi"
Yoshlar ligasi doirasida kechgan "Olmaliq" - "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan so'ng buxoroliklarning yagona gol muallifi Nodir Davlatov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun faqat g'alaba uchun maydonga tushdik. Butun o'yin davomida hisobda oldinda borib, ustunlik qilib, uchrashuv so'nggida alamli ikkita gol o'tkazib yubordik. Afsus futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Bu mag'lubiyatni unutgan holda keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rib, muxlislarimizga g'alaba taqdim etishga harakat qilamiz.
Asosiy jamoamizga omad tilayman. "Olmaliq" o'z maydoniga har qanday jamoaga jiddiy qarshilik ko'rsatadi. "Buxoro" uchun bu o'yin og'ir kechishi aniq, lekin nima bo'lgan taqdirda ham futbolchilarimiz muxlislar uchun harakat qilishadi va g'alaba uchun borlarini berib o'ynashlari aniq", - deydi Nodir Davlatov.
"Buxoro" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar