Nodir Abdurazzoqov: "Bunday g'alabani hech qaerdan topib bo'lmaydi"
24 apr 03:26
Yangiliklar


Nodir Abdurazzoqov: "Bunday g'alabani hech qaerdan topib bo'lmaydi"
KMK jamoasi markaziy to'qnashuvda "Nasaf"dan ustun keldi. Aytish mumkinchi, zaxiradan tushgan futbolchilar ikkinchi bo'limda o'yinni o'zgartira olishdi va bu yakunda g'alaba sari etakladi (3:2). Bellashuvdan so'ng OKMK yarim himoyachisi Nodir Abdurazzoqovning fikrlarini tingladik.
"Xudoga shukur, g'alaba qozondik. Bu kungi g'alabani hech qaerdan topib bo'lmaydi. Bunday g'alabani zavqi juda boshqacha bo'ladi.
Zaxiradan maydonga tushgan istalgan futbolchi o'yinni yaxshi tarafga o'zgartirishi kerak. Birinchi golni tezroq urganimiz o'yinimizda burilish yasadi deya olaman. Raqib o'yinni cho'zsa ham jamoamiz xotirjam edi. G'alabaga hamma ishongandi. Bosh murabbiyimiz futbol har doim 90 daqiqa o'ynalishini aytadila. Imkon qadar chiroyli va muxlislarbob o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Nodir Abdurazzoqov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar