So’nggi yangiliklar

02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  1 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1

No Vardy – no party! Yangiliklar

No Vardy – no party!

Kecha Angliya terma jamoasi EVRO-2016dagi dastlabki irodali g'alabani qo'lga kiritdi.

Evropa chempionatining dastlabki turidagi hech bir o'yinda irodali g'alaba kuzatilmagandi. Yani qaysi jamoa birinchi bo'lib hisobni ochsa yakunda g'alaba qozondi yoki kamida durang o'ynadi.

Roy Xojson boshchiligidagi Angliya ushbu ananaga kecha barham berdi. Buyuk Britaniya derbisi maqomi ostida o'tgan Uelsga qarshi bahs inglizlarning tashabbusi bilan boshlandi. 7-daqiqada Adam Lallananing ajoyib pasidan so'ng Sterling 5 metr masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. Inglizlar birinchi bo'limning o'zida 6ta burchak to'pi va 3ta jarima to'piga ega bo'lishdi. Biroq standart vaziyatlardan ko'p gol urish bilan nom qozongan "uch sherlar" ha deganda raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Futboldagi o'sha mashhur maqol 42-daqiqada o'z isbotini topdi. CHamasi 30 metrlardan Jo Xart darvozasi tomona jarima to'pi belgilandi. Birinchi bo'limda raqib deyarli hujum qilmagani uchun Xart "uyqusirab" yurgandi. Garet Beyl xuddi birinchi turda bo'lgani kabi jarima to'pidan ajoyib gol urishga erishdi - 0:1. SHu tariqa Uels 1984 yildan buyon ilk bor Angliya darvozasiga gol urdi!



Voqealarning bunday rivojlanishi Angliyaga umuman to'g'ri kelmasdi. Uels esa agar mana shu g'alabali hisobni saqlab qolsa Franciyadan so'ng chorak finalga chiqqan ikkinchi jamoa bo'lardi.

Tanaffusda Roy Xojson Keyn va Sterling o'rniga Jeymi Vardi va Daniel Starrijni tushirishga qaror qildi. Oldinga o'tib aytish kerakki bu o'zgarishlar o'zini to'laligicha oqladi.

"Lester" safida Angliya chempioni bo'lgan Jeymi Vardi 29 yoshlida Evropa chempionatida debyut qildi. Aytish kerakki debyut juda omadli chiqdi. 56-daqiqada Starrijning jarima maydoniga uzatgan to'pi uelsliklar sardori Eshli Uilyamsning boshidan Vardiga kelib tushdi. Hujumchi o'yindan tashqari holatda edi, biroq to'p raqibdan kelgani uchun germaniyalik hakamlar "offsayd" qayd etmay to'ppa to'g'ri qilishdi. Vardi yaqin masofadan darvozani ishg'ol qilishda qiynalmadi - 1:1. No Vardy, no party! (O'zbekchasiga Vardi yo'q, bayram ham yo'q deb tarjima qilinuvchi ushbu ibora "Lester" muxlislari orasida ommalashib ketgan edi. Evro-2016 birinchi turida Rossiya bilan o'yinda maydonga tushmaganidan so'ng terma jamoa muxlislari ham bu iboraga ko'p murojaat qilishgandi.



O'yinning kulminaciyasi 90+2-daqiqadasiga to'g'ri keldi. Delli Alli uchrashuvdagi so'nggi hujumlardan birida raqib jarima maydoniga yorib kirdi va chaproqda turgan Starrijga to'pni oshirib yubordi. Zaxiradan maydonga tushgan "Liverpul" hujumchisi darvozaning yaqin burchagini aniq nishonga olib Angliya qahramoniga aylandi - 2:1.

SHu kuni Devid Bekxem vatandoshlari xuddi Rossiya bilan bo'lgani kbai g'alabaga haqli o'yin ko'rsatishgandi. Buni oddiygina statistika ham aytib turibdi. Zarbalar 21:7, aniq zarbalar 4:2, noaniq zarbalar 9:3, blolklangan zarbalar 8:2.



Rossiya bilan bahsda so'nggi daqiqalar Angliyaga xiyonat qilgan bo'lsa, Uels bilan o'yinda so'nggi daqiqalar inglizlar uchun omadli keldi. Ushbu irodali g'alabadan so'ng Roy Xojson jamoasi 4 ochko bilan "B" guruhida birinchi o'ringa chiqib oldi. Oxirgi turni Angliya Marek Gamshik va sheriklariga qarshi o'tkazadi. Bu o'yinni ko'rishni tavsiya qilamiz, ayniqsa so'nggi daqiqalarni...


Narzulla Saydullaev

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика