So’nggi yangiliklar

00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  3 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  21 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0 20:35Жота - Роналду ҳақида: "Евро-2024 унинг термадаги сўнгги турнири деб ҳисобламайман"  0 20:17Эрик тен Хаг жароҳатлар ҳақида: "Бу ҳеч нимани ўзгартирмайди"  1 20:01Дуайт Йорк: "Хойлундда форвардга керак бўладиган Х-фактор йўқ"  0 19:37"Роналду билан ишлаш жуда осон эди" — Анчелотти  5

Nima uchun Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi?​ Yangiliklar

Nima uchun Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchisi?​

"Oltin to'p" uchun davogarlikda Ronalduga raqobatchi yo'q.

FIFA 2017 yilning 3 iyulidan 2018 yilning 15 iyuliga qadar bo'lgan davrda eng yaxshi o'yin ko'rsatgan futbolchilar reytingini tuzdi. Asosiy sovrin uchun kurashda albatta Krishtianu Ronaldu asosiy favorit sifatida ko'rilmoqda. Barcha biladiki, ideal futbolchi faqatgina "Oltin to'p" bilan cheklanib qolmaydi. Bu jahon futbolidagi tub o'zgarish bo'lishi mumkin.

RONALDU - "REAL"NING ETAKCHISI BO'LDI

Mantiqan olib qaralganda, hozirda sovrin egasi ECHLda g'olib bo'lgan jamoaning etakchisi bo'ladi. Krishtianu "Real"ning ketma ket uch marta ECHL sovrinini qo'lga kiritishida munosib hissa qo'shdi. U turnir davomida deyarli barcha o'yinlarda gol urishga erishdi. Krishtianu - ECHL tarixida ketma-ket 11 bahsda gol kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi. SHuningdek, Ronaldu evrokuboklardagi tarixiy - 100-golini urdi. O'tgan mavsumda butun bir turnirda 15 gol urish - kosmos.

BUFFONGA URILGAN FENOMENAL GOLLAR

Uzoq vaqt davomida Ronaldu yilning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun bo'layotgan poygada etakchilik qilmadi. Agarda "Real" ECHL sovriniga ega chiqmaganida Ronalduning bu boradagi imkoniyatlari anchagina kam bo'lardi, biroq "Yuventus"ga qarshi bahs barchasini o'zgartirib yubordi. "Qaymoqranglilar" Turindagi bahsda raqibga master-klass o'tkazdi, Ronaldu esa chiroyli gollardan birining muallifiga aylandi. Hatto uni ko'ra olmaydiganlar bu golni ko'rib og'zilari lang ochildi. Ushbu gol Ronaldu qanday karomatlarga ega ekanligini namoyish qilib berdi.

Ko'pchilik "Yuve"ga urilgan uchinchi golni esdan chiqardi. Albatta, bu penaltidan urildi, ammo nima qilibdi? Biroq nuqtadan gol urgan Ronaldu tanqidlar ostida qolib ketdi. O'zini yo'qotib qo'ygan turinliklar esa raqibga bosim o'tkaza olmadi, bu esa Ronalduga yanada kuch berdi. So'nggi daqiqalarda to'qqizlikka tepilgan penalti esa futbolchining faoliyatidagi kvintessenciya bo'lsa kerak. Barcha xato bo'lishini kutgandi, ammo uning zarbasiga darvozabon umuman eta olmasdi.

JAHON CHEMPIONATIDA HAM A'LO DARAJADA O'YNADI

Ronaldu jahon chempionatida ham har doimgidek o'yin ko'rsatdi. To'g'ri, Portugaliya ayni damda yaxshi bo'lmagan davrlarni o'tkazmoqda, ammo Ronaldusi bor terma mundial g'olibligi uchun soyada turgan favoritlardan biri edi. Ko'chadagi futbol muxlislaridan Ronalduning mundialdagi xet-triki haqida so'rang, albatta, yuqori emociyalar bilan fikr bildiradi. So'nggi daqiqalarda De Xea darvozasiga urilgan gol esa - uning muxlislari uchun asrlarga tatigulik bo'ldi. U bunga qadar mundiallarda 4tagina gol urgandi. Ammo 33 yoshga kirganida, bitta turnirda shuncha marta raqib darvozasini ishg'ol qildi. Portugaliya Urugvay to'sig'idan o'ta olmadi. Ammo CR7 dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri ekanligini yana bir bor ko'rsatdi.

YOSH - SHUNCHAKI RAQAM

Ko'pchilik 33 yoshga kirganlar, asta-sekin nafaqaga chiqadi, "Oltin to'p" uchun kurasha olmaydi, deb fikrlardi. Ronaldu esa stereotiplarni aqldan ozdirdi. U har doim yuqori maqsadlar sari intiladigan inson. Oldinroq Ronaldu 23 yoshli insonlardek o'zini his qilayotganini aytgandi. Yo'q, "faxriy"ning yoshi 20da. Krishtianu 6, kerak bo'lsa, ettinchi "Oltin to'p"ini olsa ham umuman ajablanmang. CHunki bir vaqtlar u shunday degan:

"Etti bolam va shuncha "Oltin to'p"im bo'lishini istayman"

RAQOBATCHILARGA NIMALAR BO'LMOQDA?

Dunyoning eng yaxshisi bo'lishGA Krishtianu bilan raqobatlashayotganlar shunchaki nom uchun qo'yildi. Albatta, Kilian Mbappeni ham yoddan chiqarmaslik lozim. Ammo u Franciyada 13tagina gol urdi. Bu esa top-chempionat emas. ECHLda esa Kilianni eslamadik ham. Ayniqsa uning "Real"ga qarshi uchrashuvida. Agarda Kilian bilan solishtiradigan bo'lsak, Ronaldu o'zga sayyoradan kelgan. Bir jahon chempionatida yaxshi o'yin ko'rsatgan bolakayga hech kim "Oltin to'p"ni berib qo'ymaydi.

Balki Modrich jahon chempionatida termasining natijalariga katta tasir o'tkazgandir, lekin klubda bunday bo'lmadi. Krishtianu - ECHLning o'tgan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi, Modrich esa birorta ham sovrinni qo'lga kiritmadi, hatto ramziy termaga ham kirmadi. Ushbu poziciyada undan-da yorqinroq bo'lganlar anchagina ko'proq bo'ldi. Misol uchun, "Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banega. Albatta, u kuchli uchlikka kirishi kerak. Biroq ushbu jihati orqali ham u Ronaldu bilan raqobatlasha olmaydi.

Antuan Grizmann ham Ronaldu kabi evrokubokka ega chiqdi, ha, jahon chempioni ham bo'ldi. U portugaliyalikning asosiy raqobatchilaridan biri. Biroq ayta olamizki, u mundial davomida termaning eng yaxshi futbolchisi bo'lmadi. U Kilianning soyasiga tushib qoldi, klublar miqyosida esa ECHLning hal qiluvchi bahslarida o'zini ko'rsata olmadi. U ham davogar, lekin Ronalduga eta olmaydi.

Yana bir soyadagi favorit - Rafael Varan. Franciyalik futbolchi barcha sovrinlarga ega chiqmoqda. Ammo u qachon individual sovrinni qo'lga kiritdi? Hech qachon himoyachi "Oltin to'p" uchun kurashda hujumchi bilan tengma-teng raqobat qila olmaydi.

Ro'yxatdagi qolgan barcha futbolchilar - De Bryuyne, Azar, Messi ham portugaliyalik kabi barcha turnirlarda o'zini ko'rsata olmadi.

MESSI ORTDA QOLDIRILDI

So'ngi 10 yillikning futboli Ronaldu va Messining qirolligi ostida kechdi. Balki kurash tugayotgandir. Ammo buning yakunida portugaliyalik katta farq bilan raqibini mag'lub etadi. Ronaldu Messiga qaraganda muhim uchrashuvlarda ko'proq o'zini ko'rsatmoqda, o'yin taqdirini hal qilmoqda. Messi o'tgan mavsumda qo'lga kiritgan sovrinlari bo'yicha ikkinchi darajali bo'lib qoladi. Ikki buyuk futbolchining jangida har doim haqiqiy daho g'olib bo'lishi kerak.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика