So’nggi yangiliklar

08:13Расман. Маркус Рэшфорд МЮдан кетди  1 07:50«Андижон» сардори Ильдар Маматказин легионерга айланди  2 07:30Туркия. Иккита тўп фарқи билан ютқазаётган "Фенербахче" камбек амалга оширди  1 07:00АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити"ни тор-мор этди  69 06:50А Серия. "Рома" – "Наполи" 1:1, Шомуродов ўйинни асосий таркибда бошлади  37 02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  19 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  231 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63

Nima uchun APLning yangi mavsumi tarixdagi eng zo'ri bo'ladi? Yangiliklar

Nima uchun APLning yangi mavsumi tarixdagi eng zo'ri bo'ladi?

Bir necha kundan so'ng Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumiga start beriladi.

Gvardiola va Mourino to'qnashuvi


Futbol tarixida Real va Barselona to'qnashuvidan keskinroq o'yinni qidirib topish amrimahol. Ayniqsa bu jamoalarni so'nggi yillarning eng kuchli ikki murabbiyi Joze Mourino va Pep Gvardiola boshqargan bo'lsa. Bu ikki murabbiy ishlagan davrda “El-klassiko” yanada o'zgacha ahamiyat kasb etardi. Bu murabbiylar yozda Manchester shahrining ikki klubida ish boshlashdi. Demak yangi mavsumda Manchester derbisi o'tgan yillarga qaraganda yanada keskinroq o'tishiga shubha yo'q. Mankunianliklar Bayi, Mxitaryan, Ibragimovichni sotib olishdi, yaqin orada Pol Pogbani ham o'zlariniki qilishlari mumkin. Siti esa Nolito, Gyundogan, Aleksandr Zinchenko va Leroy Saneni xarid qildi, yaqin orada Jon Stounz ham bu klubga o'tishi kutilmoqda.

Joze Mourino va Pep Gvardiola o'rtasidagi qarama-qarshilikni ko'rish anchayin qiziqarli bo'lishi aniq. Manchester derbisi bu mavsumdagi eng muhim voqea bo'ladi deb qo'rqmasdan aytish mumkin.


Antonio Konte qo'l ostidagi yangi "CHelsi"


"Biz chempionlik uchun kurashmoqchimiz. Bu yo'lda bir butun bo'lib, CHempionlar ligasiga qaytish uchun "CHelsi"dagi og'ir damlarni unutishimiz kerak" - deydi Antonio Konte.

Doimo to'g'ri chiziqli futbol hukm surgan "Tumanli Albion"ga taktika borasida haqiqiy daho Antonio Konte kelmoqda. Mutaxassis klassik sxema 5-3-2 (3-5-2) bilan "keksa sinora"ning Italiya va Evropa futboli elitasiga qaytarib, "skudetto"ni ketma-ket uch marotaba qo'lga kiritganida, uni ko'pchilik diqqat bilan kuzatdi. Murabbiy o'rtamiyona tarkib bilan Evropa chempionatida amalga oshirib bo'lmas vazifani uddaladi. Ular turnirning asosiy favoritlari Belgiya va Ispaniyani taslim etishdi.

Konte o'tgan mavsum Premer-liganda o'ninchi o'rinni egallagan "CHelsi"ni kuchlilar safiga qaytarishi lozim.

"Aristokratlar"ni endi tartibga jiddiy etibor beradigan, yangi taktik uslublarni qo'llaydigan murabbiy boshqaradi.

Roman Abragmovich Kante va Batshuayini xarid qilib, tarkibni kuchaytirish uchun pulni ayamadi. O'tgan mavsumning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri himoyani kuchaytiradi, Belgiya terma jamoasi hujumchisi esa Diego Kosta bilan juftlik hosil qiladi. Mishi Batshuayini hozirdan Dide Drogbaning merosxo'ri deb atashmoqda.

Kontening jamoalarida barcha bir bo'lib aniq maqsad sari intilishadi. "CHelsi" o'zini yana top-klub sifatida his qilishi uchun murabbiy borini berishga tayyor.


"Liverpul"dan oldinga tashlangan qadam


Yurgen Klopp jamoaga foydasi tegmaydigan futbolchilardan qutilmoqda. Jamoani Martin SHkrtel, Kolo Ture, Jo Allen va Bred Smit kabi futbolchilar tark etdi. Lukas Leyva klubni tark etishi kutilmoqda, Markovich "Fenerbaxche"ga ketdi, Balotelli uchun uni xarid qila oladigan jamoa izlanyapti.

Jamoani tark etgan futbolchilar o'rniga kerakli futbolchilar sotib olindi. Ularning orasida Loris Karius, Joel Matip, Ragnar Klavan va Jorjino Vaynaldum bor.

Yurgen Klopp yangi mavsumda asosiy raqiblariga jiddiy qarshilik ko'rsata oladigan jamoa qurmoqda. Mutaxassis his-tuyg'ularga bor va bu klubga ijobiy tasir ko'rsatyapti.

"Liverpul" o'tgan mavsumda barqaror o'yin ko'rsata olmadi. "Mersisaydlar" har uchrashuvda turli xil o'yin ko'rsatdi. Yorqin g'alaba ketidan ahmoqona mag'lubiyatlar keldi. Klopp bundan qutilish uchun o'z jamoasini tozalab, uni yangidan qurmoqchi. Klub, rahbariyat, futbolchilar hamda muxlislar mutaxassisga to'liq ishonmoqda.


Arsen Vengerning navbatdagi imkoniyati


"Arsenal" transfer siyosati usidan faqat dangasalar hamda klub muxlislari kulmadi. "To'pchilar" muxlislari klubning yangi xaridi Granit Jakaga umid bildirishmoqda. Ikkinchi xarid - yaponiyalik Takuma Asano. U navbatdagi mavsumga emas, kelajak uchun sotib olingan.

Vengerda bu mavsum uchun transfer kampaniyasi borasida hal bo'lmagan muammolari bor. "Arsenal"ga hujumchi va yaxshi markaziy himoyachi kerak, ammo klub ular uchun pul to'lashga tayyormi?

Darvozabonlar mavzusiga ko'z yumib o'tish mumkin emas. CHex asosiy posbon bo'ladi, SHesni va Ospina esa uning o'rinbosariga aylanadi. Zaxira darvozabonlaridan biri yangi klub qidirishiga to'g'ri keladi.

Raqib jamoalar transfer bozorida juda faolligini hisobga oladigan bo'lsak, Arsen Venger jamoasi kelasi mavsum CHempionlar ligasida ishtirok eta olmasligi mumkin. Agar "Arsenal" keyingi mavsumda ham Evropaning asosiy turnirida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kirita olsa, bu "to'pchilar" uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi.


Pochettino "Tottenxem"ni rivojlantira oladimi?


2013 yilda "Sautgempton"ni tark etgan Nayjel Adkins o'rniga Maurisio Pochettino keldi. Ko'pchilik argentinalik mutaxassisning iqtidoriga shubha bilan qaradi.

"Pochettino futbolimiz haqida nimani biladi? Premer-liga haqidachi? U inglizcha gapira oladimi?" - deydi Lori Mak-Menemi.

Maurisio inglizchani bilmas edi, ammo "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylanganidan so'ng, birinchi matubot-anjumanini tarjimonsiz o'tkazdi.

Maurisio Pochettino o'sib borayotgan jahonning eng yaxshi murabbiylaridan biri deb atashmoqda. Marselo Belsa murabbiylik maktabining o'quvchisi "Tumanli Albion"da ikki klubni rivojlantira oldi - bu "Sautgempton" va "Tottenxem". Birinchi klub o'zining yosh yulduzlarini sotish yo'lini tanlagan bo'lsa, "shporlar" o'z tarkibini saqlab qolish imkoniyatiga ega.

Klub markazda raqobatni kuchaytirish uchun "Sautgempton"dan Vanyamani xarid qildi. Jamoaga Viktordan tashqari Vinsent Yanssen keldi. Yosh futbolchi Xarri Keynga raqobat tashkil eta olishi kerak. Keyn bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralar davom etyapti.

Bu "Tottenxem" avvalgilaridan ancha farq qiladi, chunki jamoa mavsumni yaxshi boshlab, keyinroq pasayishga uchramadi.

"SHporlar" Maurisio qo'l ostida so'nggi mavsumni juda ajoyib o'tkazishdi va uchinchi o'rinni egallab CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


"Lester"dan yangi yurish...


"Biz kurashishga tayyormiz. Har bir uchrashuvda har bir to'p uchun kurash - men uchun juda muhim" - deydi Klaudio Raneri. OAV Ranerini "Stemford Brij"dan Greciyagacha turli tanqidlar bilan kuzatib qo'ydi. Mutaxassis esa har doimgidek, yuzida tabassum bilan Angliyaga qaytdi.

Raneri va "Lester" ertakda bo'ladigan voqealarni amalga oshirdi. Mo'jiza jamoaning irodasi tufayli yuz berdi.

Klub afsuski o'zining asosiy yulduzlaridan biri N’Golo Kante bilan xayrlashdi, uning o'rniga "Nicca"dan Napalmis Mendi xarid qilindi. 16 mln. funt evaziga CSKA hujumchisi Axmad Musa "tulkilar" safiga qo'shildi. U Vardi bilan hujum chizig'ida birga harakat qiladi, uni ajoyib tezligi uchun xarid qilishdi.

Yangi mavsumda Klaudio Raneri jamoasiga bo'lgan etibor avvalgisidan yuqoriroq bo'ladi.


"EPL MANAGER"da yangi mavsum


Angliya Premer-ligasi bilan birga yangi fentezi-futbol "EPL MANAGER" loyihasi ishga tushadi. Butun dunyodagi muxlislar o'z jamoasini tuzib, turli ligalarda ishtirok etib, qimmatbaho sovrinlarni qo'lga kiritishi mumkin.

Birinchi tur uchun tarkib yig'ish 13 avgust kuni 15:30da to'xtatiladi. Bu vaqtgacha siz Premer-liganing 15 futbolchisidan (11 asosiy va 4 zaxira) jamoa yig'ishingiz kerak.

Birinchi turdan boshlab siz ingliz futbolini hammadan yaxshiroq tushunishingizni isbotlashingiz mumkin. Ayni damda Osiyo ochiq chempionatiga ishtirokchilar qabul qilinmoqda:


Birinchi o'rin uchun sovrin - Samsung Galaxy S7 Edge smartfoni

Ikkinchi o'rin uchun sovrin - Huawei P9 smartfoni

Uchinchi o'rin uchun sovrin - Samsung Gear 2 smart soati


Ushbu sovrinlar uchun turnir 13 avgustdan 10 sentyabrgacha bo'lib o'tadi (1-dan 4-turgacha).

Fentezi-futbol bo'yicha Osiyo ochiq chempionatida O'zbekiston sharafini himoya qiling!

O'YINNI BOSHLASH

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика