So’nggi yangiliklar

14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  3 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   4 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  9 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13

Nima sababdan futbolchilar paypoqlarini atayin yirtishadi va bu qoidalarga zidmi? Yangiliklar

Nima sababdan futbolchilar paypoqlarini atayin yirtishadi va bu qoidalarga zidmi?

Bu jarayon O'zbekiston klublaridagi futbolchilarda ham kuzatilmoqda.

Bugungi kunda futbol o'yini vaqtida paypog'ining ort qismini teshgan holda harakat qiladigan futbolchilar soni tobora ortib bormoqda. Keling, buning sabablarini bilishga harakat qilib ko'ramiz.

Mazkur jarayon bazi futbol yulduzlari, jumladan, Jud Bellingem va Neymar tomonidan amalga oshirilgandan keyin ko'pchilikning etiborini tortdi.

Paypoqlardagi halqalar soni futbolchilarda farq qiladi. Bazilar bir yoki ikkita teshik hosil qilishni afzal ko'rishsa, "Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker bu borada haddan yuqori natijaga erishgan.

Bunday ko'rinishni ommalashtirgan dastlabki futbolchilardan biri 2018 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida harakat qilgan himoyachi Denni Rouz edi.

Nima uchun futbolchilar paypoqlarini yirtib tashlaydi?

O'yinchilar oyoq mushaklaridagi bosimni kamaytirish maqsadida paypoqlarni atayin shunday ahvolga keltirmoqda, chunki ularning ko'pchiligi futbol uchun mo'ljallangan paypoqlarning zich holatda tikilgani, bu esa qon aylanish bilan bog'liq muammolarga olib kelishi hamda ularning harakatiga salbiy tasir o'tkazishini bildirgan.

"Manchester Siti" azosi Jek Grilish yoki "Navbahor" yarim himoyachisi Siyavash Haqnazariy esa butun paypoqni qurbon qilish o'rniga boshqa usulni qo'llaydi, yani u paypoqlarni muskuldor oyoq mushaklarining pastki qismiga tushirib qo'yish bilan kifoyalanadi.

Futbol qoidalarin nima deydi?

Futbol to'g'risidagi qonunda paypoqlarni yirtishni taqiqlovchi hech qanday qoida yo'q (hozircha), ammo hakam o'yinchining paypoqlari belgilangan talablarga zid holatda ekanligini ko'rsa, uni almashtirishni talab qilishi mumkin.

Futbolchilarning liboslari bilan bog'liq qonun-qoidalarga ko'ra, futbolchilarning paypoq kiyishi shart ekanligi qayd etilgan, biroq unda halqa hosil qilish-qilmaslik to'g'risida hech qanday band mavjud emas.

Ammo qonunga istagan vaqt o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Masalan, portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bu holatga o'z noroziligini bildirgan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика