Nikolas Sarmiento: "Bo'lajak raqib - Qozog'istonni tabriklayman"
28 sen 2024 14:50
Yangiliklar
Nikolas Sarmiento: "Bo'lajak raqib - Qozog'istonni tabriklayman"
"Xorvatiyaga qarshi juda qiyin o'yin o'tkazdik. Raqib bilan murosasiz va kurashlarga boy to'qnashuv bo'lishini bilardik. G'alaba qozonganimizdan xursandman. Endilikda yo'limizda davom etamiz va keyingi o'yin haqida bosh qotiramiz.
CHorak finaldagi raqib — Qozog'istonni tabriklamoqchiman, ular Portugaliyaga qarshi juda qiyin o'yinda mardonavor g'alabaga erishdi. Natijaning o'zi bu jamoaning qanday kuchga ega ekanligini aytib turibdi. SHu bois, bo'lajak uchrashuv haqida jiddiy bosh qotirishimiz kerak.
Hali chempionlik haqida o'ylashga erta, hozir ilk navbatda Qozog'istonni mag'lub etish haqida o'ylashimiz kerak", dedi Sarmiento.

Eslatib o'tamiz, Argentina chorak finalda Qozog'istonga qarshi bahs olib boradi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar