So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  2 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Nikolaev hakam bo'lgan, Maxstaliev qahramonga aylangan O'zbekiston va AQSH tarixdagi yagona to'qnashuvni yodga olamiz Yangiliklar

Nikolaev hakam bo'lgan, Maxstaliev qahramonga aylangan O'zbekiston va AQSH tarixdagi yagona to'qnashuvni yodga olamiz

O'zbekiston terma jamoasi bugun tunda 10 sentyabrga o'tar kechasi AQSH terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Boshqa sohalarga nisbatan bu mamlakat bilan futbol borasida bordi-keldilarimiz ko'p ham ro'y beravermaydi. Hattoki, kichik yoshdagi terma jamoalarimizda ham bu kam uchragan. SHu kungacha faqat bir marotaba yashil maydonda ko'rishish nasib qilgan, xolos. 

Aleksey Evstafeev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'z yosh toifasida ilk bor 2011 yil Meksikadagi U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan. Yangi Zelandiya, AQSH va CHexiya bilan bir guruhdan o'rin olgan vakillarimiz ikkinchi turda okean orti jamoasi bilan ro'baro' kelgan. Garchi hamyurtlarimiz ilk turda Yangi Zelandiyaga mag'lub bo'lgan bo'lsada, keyingi ikki o'yinda AQSH va CHexiyadan ustun kelib birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanma olgan. pley-offda O'zbekiston Avstraliyani 4:0 hisobida taslim qilgan, AQSH esa Germaniyaga xuddi shu hisobda mag'lub bo'lib musobaqa bilan xayrlashgan edi. CHorak finalda Urugvay bizni ortimizga ravona qilgani yodingizda bo'lsa kerak. 

O'sha oqshom qahramonlari Bobir Davlatov va Abbosbek Maxstaliev katta futbolda emas. Tarkibdan esa Sardor Rahmonov, Sardor Sobirxo'jaev, Jasur Hakimov, Zabihillo O'rinboev, Abdumavlon Abdujalilov, Muxsinjon Ubaydullaev Superliga jamoalarida to'p tepyapti.


AQSH - O'zbekiston 1:2

23.06.2011. U-17 Jahon chempionati 2-tur. Torreon. "Korona" stadioni. 4133 tomoshabin. 

Hakam: Aleksey Nikolaev (Rossiya)

Gollar: Alfred Koroma 47 - Bobir Davlatov 13, Abbosbek Maxsitaliev

AQSH: Kendall Makintosh, Keroll Zakari, Amon Jozef (Natan Smit, 46), Dan Metyu, Fer Mobi, Rodirges Esteban (Alfred Koroma, 46), Mario Rodriges, Guido Alexandro (Niko Melo, 82), Pelosi Mark, Akosta Kellin, Arriola Pol

O'zbekiston: G'anisher Xolmurodov, Sardor Rahmonov, Ravshanjon Xaydarov (Mirzamurod Jo'raboev, 90), Asiljon Mansurov, Abbosbek Maxstaliev, Azizbek Murotov, Sardor Sobirxo'jaev, Xolmurod Xolmurodov (Davlatbek Yorbekov, 60), Timur Hakimov (Muxsinjon Ubaydullaev, 82), Bobir Davlatov, Javlon Mirabdullaev

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика