So’nggi yangiliklar

14:00"Локомотив" "Динамо" ҳимоячисига жиддий қизиқмоқда  0 13:31"Нефтчи"ни тарк этган футболчи "Навбаҳор"га ўтмоқда  3 13:04"Барселона" етакчисини "Манчестер Сити"га сотмайди  1 12:27Мареска "Челси" ҳужумчиси жиддий жароҳат олганини тасдиқлади  2 11:59"Андижон" "Сўғдиёна" ва "Нефтчи" ҳимоячиларига кўз тикди  3 11:37"Ливерпуль" Салоҳни "Интер"га қарши ўйин қайдномасига киритмайди  3 11:09"Реал" трансферлари тақдири Винига боғлиқ  5 10:27Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди  40 09:47"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди  13 09:19Слот ва Салоҳ ўртасидаги низода "Ливерпуль" раҳбарияти кимни қўллаб-қувватлаши маълум  2 08:54Суперлига-2025: Иккинчи давранинг энг омадли трансферлари тўққизлиги  3 08:26"Андижон" сардори фаолиятини водийнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  4 08:00Неймар қийин ўтган мавсум ва мақсадлари ҳақида фикр билдирди  0 07:36Неймар ваъдасида турди. "Сантос" сўнгги турда йирик ғалабага эришди ва Элитада ўз ўрнини сақлаб қолди  2 03:08А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га "Ювентус" устидан ғалабани тақдим этди  11

Nikola Lazarevich: "Bu yil "Nasaf" favorit. O'zbekiston Kannavaro bilan ham yaxshi natijaga erishishi mumkin" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Bu yil "Nasaf" favorit. O'zbekiston Kannavaro bilan ham yaxshi natijaga erishishi mumkin"

"Qizilqum" jamoasi sobiq murabbiyi Nikola Lazarevich chempionat va terma jamoa haqida fikr bildirdi.

Serbiyalik mutaxassis chempionlik uchun favoritni ham aytib o'tdi.

- "Qizilqum"ni tark etganingizdan so'ng nimalar bilan bandsiz?

- "Qizilqum"dan ketgach, salkam bir-ikki hafta Serbiyadagi hozirgi uyimda dam oldim. Bazi takliflar bo'ldi, lekin men vaqtimdan foydalanib, bilimimni yanada oshirishga qaror qildim va amaliyot o'tashni boshladim.  Men uchun Ispaniya tizimi har doim qiziqarli bo'lgan va ispaniyalik murabbiylar, mutaxassislar Xose Mendilibar va Ernesto Valverde boshqargan jamoalarni tanlaganman. Umid qilamanki, yil oxirigacha yana bir mashhur murabbiy qo'lida amaliyot o'tayman, u hozirda Janubiy Amerika terma jamoasida ishlaydi.

- Superligani kuzatib boryapsizmi? Chempionlik uchun kimda imkoniyat ko'proq "Nasaf" yoki "Neftchi"?

- Ha, kuzataman, lekin tez-tez emas. Bu yil "YouTube" orqali deyarli barcha o'yinlarni tomosha qilish uchun yaxshi imkoniyat bor va men ko'proq tomosha qilishga harakat qilyapman. Avvalo, "Qizilqum" yaxshi natijalar qayd etayotganidan juda xursandman va Superligadagi o'rnini saqlab qolishiga ishonaman.

Mavsumning boshqa qismida OKMK va "Navbahor" jamoasi uchun biroz kutilmagan natijalar qayd etdi. Ayniqsa OKMKdan kutmagan edim, ammo ularning ishida tizm bor va ishonchim komilki, hammasi joyida bo'ladi. Menimcha, ular doim chempionlikka davogar.  Agar hozir bo'lmasa, keyingi mavsum uchun. Ayniqsa, "So'g'diyona" jamoasidan xursandman, mavsum boshidanoq ularda o'yin surati borligini aytgandim, ammo natijalar o'yinga mos bo'lmadi.

Hozir ikki jamoa peshqadam bo'lib turibdi va bu ikki jamoa chempionlik uchun oxirigacha kurashishi mumkin. Yil boshidan buyon ko'plab yangi o'yinchilarni to'plagan "Neftchi" jamoasi uchun darhol yaxshi o'yin ko'rsatish oson emas, ulardan kutilmalar katta. Shuningdek, tarkib va tizimga ega bo'lgan hamda jamoaning asosiy qismi uzoq vaqtdan beri o'ynab kelayotgan "Nasaf" jamoasida ham. Mening fikrimcha, "Nasaf" favorit. Lekin intriga oxirigacha davom etadi.

- Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangani haqida fikringiz qanday?

- Ha, milliy jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlangani haqidagi xabarlarni kuzatib bordim. Avvalo shuni aytmoqchimanki, agarda Kapadze qolganida ham yaxshi qaror edi. Hozir Jahon chempionati bo'yicha qanday katta natija qayd etilganini ko'rdingiz. Avvalo, hozir deyarli har bir top-klass murabbiyi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishni xohlayotgani quvonarli. Kanavaroning futbolchi sifatidagi fazilatlari haqida ko'p gapirishning hojati yo'q, ammo murabbiy sifatida Kanavarga kelsak, u terma jamoaga qandaydir boshqa fazilatlarni olib kelishi mumkinligiga ishonchim komil.  To'g'ri, uning tajribasi unchalik katta emas, natijalar borasida ham, ehtimol, bazilarda turli shubhalar bor, lekin bu uning O'zbekiston terma jamoasi bilan yaxshi natija ko'rsatmasligini anglatmaydi. Mening fikrimcha, eng muhimi - real vazifalar va yo'nalishni belgilash.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
13 noy 08:58:15
leva8989
Nasaf favorit emish...3-o'rin uchun kurashda favorit...Neftchi chempion uje...
   
04 noy 17:25:11
Nodirbek Hojimatov
Hurmatli janob nima boshqa klublar Neftchi yoki Paxtakor nima toshbaqa urishtiryaptimi ?
Nasaf mana 4 oʻyindan beri gʻalaba nima ekanini bilmayapti , uni chempion boʻla olmasligiga oʻzi ham ishonib turibdiku.Buni tushunmagan dovdirmiyya boʻladi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика