So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  0 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Nikola Lazarevich: "Andijon"ning jiddiy raqibligi bilindi, uning o'rni Superligada bo'lishi kerak" Yangiliklar

Nikola Lazarevich: "Andijon"ning jiddiy raqibligi bilindi, uning o'rni Superligada bo'lishi kerak"

“Andijon” – “Qizilqum” (3:2) o'rtasidagi o'yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich quyidagicha munosabat bildirdi.

“Bilasizmi, bunday ob-havoda yaxshi o'yin namoyish etish biroz qiyin bo'ldi. SHunday bo'lsa-da, yigitlarga imkoniyat berib, ularning jismoniy holatini tekshirib oldik. Ular yaxshi o'yin ko'rsatishga harakat qilishdi. 

Raqibimiz – “Andijon” yaxshi jamoa ekan. Bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rganligi ko'rinib turibdi. Ularga chempionatda omad yor bo'lishini istayman hamda pro ligada chempion bo'lishlarini tilayman. 

Bizda oxirgi ikki kun davomida futbolchilarga jismoniy yuklamalar berilgandi. Bugungi maydonning holati o'rtacha ekan. SHunday ekan, tayyorgarlikni davom ettiramiz. Bizni oldinda “Buxoro” bilan o'yinimiz bor. SHu tariqa, 3 avgust kuni “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o'yinga tayyorlanib boraveramiz. 

“Andijon” safida yon chiziqlarda harakat qilgan futbolchilari ancha yaxshi ekan. Ammo ularning familiyalarini bilmayman. Birinchi bo'limda harakat qilgan hujumchilarining o'yini ham menga yoqdi. Himoyachilari ham ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Ammo uchrashuv videoyozuvini ko'rib yakuniy xulosaga kelamiz. “Andijon”ning jiddiy raqibligi bilinib turibdi. Ularning o'rni Superligada bo'lishi kerak, - dedi Lazarevich.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика