Niko Uilyams "Barselona"ga o'tmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2024, 18:37
Bilbaoning "Atletik" jamoasi vingeri, 22 yoshli Niko Uilyams yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tmoqchi.

Manba bergan xabarga ko'ra, Uilyams Kataloniya klubi rahbariyatiga ular safiga o'tishga tayyorligini aytgan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum boshlanishidan oldin “Barselona” vingerga transfer taklifi bilan chiqqan, biroq u "Atletik"da qolishni istayotganini aytib, buni rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es