So’nggi yangiliklar

09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  2 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0

Nikimbaev: "O'zbekiston Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi uchun kamida 8ta stadion kerak" Yangiliklar

Nikimbaev: "O'zbekiston Osiyo Kubogiga mezbonlik qilishi uchun kamida 8ta stadion kerak"

O'zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining Telergamdagi kanalida o'quvchilar savollariga javob berdi.

Unga quyidagicha savol berishdi.

- O'zbekiston Osiyo Kubogi-2027ni o'zida o'tkazishi uchun imkoniyatlar qanday? Buning uchun nimalar qilish kerak? Minimal talablar qanday? O'FA talablar masalasini hal qilishi mumkinmi?


Ikkinchi savol:

- O'zbekiston U19 terma jamoasi uchun kim eng yaxshi nomzod deb o'ylaysiz?


- Osiyo Kubogini qabul qilishi uchun kamida 8ta stadion kerak. Ushbu arenaning eng kichigiga kamida 20 ming muxlis sig'ishi, ochilishi va final bo'ladigan bahslar 40 minglik arenada o'tkazilishi lozim. Kamida 3-4ta arenani rekonstrukciya qilmasdan va kamida bitta yangi stadion qurmasdan talablarni bajarib bo'lmaydi. Ammo iloji yo'q narsaning o'zi yo'q. Agar mezbonlik bizga berilsa, 7 yil ichida barcha talablarni bajarish mumkin.

Ikkinchi savolga javob: U19 terma jamoamizning murabbiyi bor. Bu Timur Kapadze. Agar U16 jamoasi haqida so'rayotgan bo'lsangiz, bu erda nomzod terma jamoalarning umumiy rivojlanish strategiyasiga bog'liq. Masalan, terma jamoani professional murabbiylik faoliyatini boshlayotgan mutaxassisga topshirish mumkin. Misol uchun, keyingi yosh toifasidagi terma jamoani avtomatik boshqarish sharti bilan Maksim SHackixni bosh murabbiy etib tayinlasa bo'ladi. Jamoani xorijlik murabbiyga berib, undan natija talab qilish mumkin. Uning kelajakdagi faoliyati esa Osiyo chempionatiga qarab aniqlanadi - deya javob berdi Nikimbaev.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика