So’nggi yangiliklar

00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  58

Nikimbaev: "Navbahor"ning qishdagi transferlaridan Kanchelskisning ko'ngli to'lmagan" Yangiliklar

Nikimbaev: "Navbahor"ning qishdagi transferlaridan Kanchelskisning ko'ngli to'lmagan"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qaytishi va "Paxtakor"ning chempionlikka yaqinlashishi haqida yozdi.

Joriy hafta futbolimizdagi eng asosiy yangilik - Andrey Kanchelskisning "Navbahor"ga qaytishi bo'ldi. Klub rahbariyati o'z xatosini tan olgani va adolat tantana qilgani haqida yuzlab izoh (komment)lar paydo bo'ldi. Agar murabbiy yoki klub tomondan qarasangiz hammasi aslida shu izohlarda yozilganidek ko'rinadi. Biroq bu hikoyada uchinchi tomon - Jurjevich (Deyan Jurjevich - "Navbahor" sobiq ustozi) ham bor. Uni qanday sabab bilan ishdan haydashdi? Avvalgi murabbiy haydalishi xato ekanligini tan olgani sabablimi? Ha, Jurjevich qo'l ostida "Navbahor"ning natijalari na rahbariyat va na muxlislarni qoniqtirdi, ammo mavsum o'rtasida jamoani qabul qilgan murabbiydan nima xohlaysiz? Serb oldiga qanday vazifalar qo'yilgan? Ularni talab qiladigan vaqt keldimi?

SHu erda o'tgan yil sodir bo'lgan Ilhom Mo'minjonovning haydalishi haqidagi hikoyani eslash mumkin. Agar so'nggi 10 oy Namangandagi uchchala murabbiylik istefolarini tahlil qilsak, bir umumiy tendenciyani ko'rishimiz mumkin: Buning barchasi kutilmagan va emociyaga bog'liq qarorlar natijasi.

"Navbahor"dagi murabbiylarning ketma-ket o'zgarishi klubda hech qanday rivojlanish strategiyasi yo'qligini ko'rsatadi. Kadrlar bo'yicha asosiy qarorlar hissiyotlarga berilgan holda qabul qilinmoqda. "Navbahor"dagi bazi tuzilmalar  klubning vazifa va maqsadlarini tushunmayapti. O'sha Kanchelskis Rossiya OAVga bergan intervyusida, klubga zarar keltirsada, o'zining shaxsiy vazifalarini hal qiladigan odamlar borligi haqida aytgan edi. Insayderlarning tasdiqlashicha, klubning qishda ichki transfer oynasidagi faoliyatidan Kanchelskisning ko'ngli to'lmagan.

"Navbahor" yuqoriroq o'rinlarga munosib. Ammo klub rahbariyati strategik rivojlanish rejasi ustida ishlamasa, o'tgan yilgi bronza kam takrorlanadigan natija bo'lib qolishi mumkin.

SHaxsan men uchun namuna sifatida viloyat futboli rivoji haqida haqiqatdan ham qayg'urgan viloyat hokimi Nuriddin Zayniev bo'lib qoladi. Afsuski, u hozir oramizda yo'q. Uning qo'l ostida "Nasaf" va "Mashal"da katta rivojlanish sodir bo'ldi va so'nggi yillardagi muammolarga qaramasdan bu klublar hozirgacha foyda bermoqda. Nuriddin Zayniev futbolni faqat kamera oldida yoki so'zlarda yaxshi ko'rmagan. U OFK Kubogi finali oldidan "Quvayt" klubi mashug'lotini ko'rgani kelganini eslayman: Nuriddin Zayniev lojadan joy olib, uni hech kim ko'rmasligi uchun chiroqni o'chirib qo'yishni so'ragan.

Nuriddin Zayniev hech qachon futbolchilarning maoshini kechiktirmagan. Ha, futbolchilar nima xohlasa shuni so'rashlari mumkin, ammo so'nggi so'zni klub rahbariyati aytadi. To'lay olmaysizmi - shartnoma tuzmang, imkoningiz bormi - odamlarning maoshini ushlab qolmang. "Navbahor" muxlislari va shaxsan Andrey Kanchelskisni yangi bosqich boshlanishi bilan tabriklayman. Bu bosqich avvalgisidan uzoqroq davom etadi deb umid qilaman. Menga uch yillik shartnoma haqida gapirmang. Kanchelskisning ilk shartnomasi ham yariy yillik bo'lmagan.

Haftaning ikkichi muhim yangiligi - "Lokomotiv" durangi tufayli, "Paxtakor" o'rtadagi farqni 15 ochkoga etkazgani. CHempionatda 8ta tur qolganini hisobga olsak, "Paxtakor" 2015 yildan so'ng o'zining birinchi sovrinini qo'lga kiritishi uchun 10 ochko to'plashning o'zi etarli bo'ladi.

Bu klubning yangi rahbariyati va SHota Arveladze uchun birinchi sovrin bo'ladi. Aytgancha, mana qarang, klub egalari rivojlanish strategiyasini sabr bilan amalga oshirishmoqda. Boshqa qiziqqon klub egasi ikki yilda hech narsa yutmagan (ayniqsa 2018 yil Kubok finalidagi mag'lubiyatdan so'ng) murabbiyni haydab, futbolchi va murabbiylar qancha maosh olayotganini aytib yuborgan bo'lardi. Ammo "Paxtakor"da hammasi boshqacha. U erda yillab qilingan mehnat samarasini sabr bilan kutishadi. Klub joriy yil O'zbekiston futboli tarixida ilk marotaba trebl yutishi mumkin" - deb yozadi Alisher Nikimbaev o'zining Telegram kanalida.

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика