So’nggi yangiliklar

09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  1 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчига таклиф билан чиқди  0 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  2 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  3

Nikimbaev: "Al-Vasl"ni yomon ko'raman" Yangiliklar

Nikimbaev: "Al-Vasl"ni yomon ko'raman"

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida O'zbekiston uchun ajratiladigan Osiyo CHempionlar ligasi kvotasi haqida fikr bildirdi.

"Eng yomon ko'radigan jamoam - Dubayning "Al-Vasl" klubi. Xatto bu klub qandaydir mo'jiza bilan "Manchester Siti"ga qarshi o'ynab qolsa, men "Al-Vasl"ga qarshi muxlislik qilaman.

Hammasi 2014 yildan boshlangan. O'sha yili "Al-Vasl" sohta hujjatlar bilan Fabio da Limani O'zbekiston fuqarosi sifatida ro'yxatdan o'tkazgan. Butun dunyoni aldagan "Al-Vasl" jazolanmay qolgan.

Kecha o'z principlarimga qarshi chiqib, "Al-Vasl"ga g'alaba tiladim. CHunki ularning g'alabasi O'zbekiston uchun 2020 va 2021 yillarda Osiyo CHempionlar ligasida 1+2 kvotasini taqdim etgan bo'lardi. "Al-Vasl" mag'lub bo'ldi va endi O'zbekiston chempionatida uchnichi o'rinning qadri yo'q. Agar mamlakat chempioni va Kubok sohibi bitta jamoa bo'lsagina, ikkinchi o'rin ahamiyatli bo'ladi.

Iroqqa kecha yoki joriy mavsum mag'lub bo'lmadik. Orqadaligimizning sababli - 2017 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatsizlik. O'sha futbol yilida "Lokomotiv" guruhda 5, "Bunyodkor" esa 3 ochko to'plagan. Pley-offda turnirdan chiqib ketgan "Nasaf" bilan O'zbekistonning uch klubi o'sha mavsum 5,050 ball to'plagan. Iroq klublari esa 8,993 ball oldi. Bu 3,883 ballik farq hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lib qoldi. 2018 va 2019 mavsumda klublarmiz farqni 1,467 ballga qisqartirishdi, ammo bu etarli bo'lmadi.


Hozirgi holatda bizni quvontirishi mumkin bo'lgan yagona narsa, O'zbekiston so'nggi ikki mavsum bo'yicha Iroq va BAAdan oldinda. Bu natija bo'yicha, 2023 va 2024 yilgi mavsumlarda 2+2 kvotasiga davogarlik qilishimiz mumkin" - deyiladi Nikimbaev Telegram kanalida.


2018 va 2019 mavsumlar natijasiga ko'ra, G'arbiy Osiyoning taxminiy reytingi quyidagicha ko'rinishda:

Qatar - 30,083

Eron - 30,017

Saudiya Arabistoni - 24,100

O'zbekiston - 18,400

Iroq - 16,933

BAA - 15,400

Iordaniya - 13,767

Turkmaniston - 9,983

Livan - 6,933

Hindiston - 6,800

Tojikiston - 6,767

Suriya - 4,333

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика