Nihoyat, Moyes o'zi uchun eng noqulay raqibni mag'lub etdi

Eldor Akmurzayev
21 fev 2021, 19:50
Angliya chempionati 25-turida “Vest Xem” 2:1 hisobida “Tottenxem”ni taslim qildi.

Mezbonlar ustozi Devid Moyes murabbiylik faoliyatida ilk bor Joze Mourinyu boshqaruvidagi jamoani engishga erishdi. Shotlandiyalik mutaxassis bugungacha o'tkazilgan o'zaro 15 bahsning 9 tasida mag'lub bo'lib, 6 bor durang o'ynagandi.

Moyes shogirdlari hozirda APL jadvalida 45 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta