Nihoyat! Fernando Lorente yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi
02 sen 2019 12:43
Yangiliklar


Nihoyat! Fernando Lorente yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi
Hujumchi Fernando Lorente faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi.
34 yoshli ispaniyalik o'yinchi erkin agent maqomida Neapol klubi bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar 2 yilga mo'ljallangan bitimga imzo chekishgan.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Tottenxem" tarkibida o'tkazgan edi.
Lorente faoliyati davomida "Tottenxem"dan tashqari "Baskoniya", "Bilbao Atletik", "Atletik Bilbao", "Yuventus", "Sevilya" va "Suonsi" klublarida o'ynagan.
Futbolchi 2018/19 yilgi mavsum "shporlar" safida 35ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar