So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Nigeriyalik futbolchilar “Yashnobod” jamoasi mashg'ulotlarida qatnashmoqda Yangiliklar

Nigeriyalik futbolchilar “Yashnobod” jamoasi mashg'ulotlarida qatnashmoqda

Teglar :  NigeriyaYashnobod
SHu yilning bahorida poytaxtimizning Yashnobod tuman hokimligi tashabbusi bilan “Yashnobod” professional futbol klubi tashkil topgandi.

Hozirda yashnobodliklar futbol bo'yicha Toshkent shahar chempionati ikkinchi ligasi bahslarida peshqadamlar safida borishmoqda. Jamoa musobaqaning hal qiluvchi bosqichida o'nta jamoa o'rtasida bugungacha o'tgan 15 uchrashuvdan so'ng, 29 ochko jamg'argan holda ikkinchi pog'onani egallab turibdi. “Yashnobod” futbolchilari oldiga yangi mavsumda O'zbekiston milliy chempionati PRO ligasida qatnashish vazifasi qo'yilgan.

Yashnobodliklar chempionat uy uchrashuvlarini “Obod” suniy qoplamali stadionida o'tkazayotgan bo'lsa, mashg'ulotlarni tumandagi 198-umumtalim maktabi o'yingohida olib boryapti. Kuni kecha jamoa mashg'ulotlariga “qora qita”ning Nigeriya mamlakatidan kelgan futbolchilar ham qo'shildilar.

— Debyut mavsumini jamoamiz yomon o'tkazmayapti, — “Yashnobod” professional futbol klubi bosh murabbiyi Aziz Fayziev. — Jamoamiz tarkibini asosan 19-20 yoshli o'yinchilar tashkil etadi. Tuman hokimligi jamoamizning kelgusida kuchlilar safida to'p tepishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qilyapti. Klubimiz bosh xomiy — ARTEL brendi ostida maydonga tushyapti. Hozirda jamoamiz azolarining mashg'ulotlar va chempionat uchrashuvlarini o'tkazishlari uchun besh ming tomoshabinga mo'ljallangan zamonaviy stadion loyihasi tayyorlanyapti. Ikkinchi liga o'yinlari tugashiga 3 tur qoldi. Kuni kecha mashg'ulotlarimizga shu kunlarda yurtimizda bo'lib turgan nigeriyalik futbolchilar ham qo'shilishdi. O'z o'yinchilarimiz qatorida ularning xatti-harakatlarini ham kuzatyapmiz. Nigeriyaning DOSAD Football Academysining menejeri Robert Nvokike etti shogirdi bilan mashg'ulotlarda ishtirok etyapti. Asosan 19-20 yoshli nigeriyalik futbolchilar orasida iqtidorlilari ham ajralib turibdi. Ularning kelgusida “Yashnobod” jamoasida qolish-qolmasligini vaqt ko'rsatadi, albatta. Hozir esa bor diqqat-etiborimizni chempionat uchrashuvlarini muvaffaqiyatli yakunlashga qaratganmiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика