Nigeriya – Misr uchrashuvini ko'rish uchun 25 minglik stadionga 40 ming odam keldi
26 mar 2016 07:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/202662_original.jpg)
![](/upload/storage/202662_220.jpg)
Nigeriya – Misr uchrashuvini ko'rish uchun 25 minglik stadionga 40 ming odam keldi
JCH-2018 saralashi doirasidagi Nigeriya va Misr o'rtasidagi o'yinga (1:1) qiziqish juda ham yuqori bo'ldi.
Uchrashuv Nigeriyaning Kaduna shtatidagi Axmadu Bello stadionida bo'lib o'tdi. Stadion o'z bag'riga 25 ming tomoshabin sig'dira oladi. Biroq kechagi uchrashuvni ko'rish uchun taxminan 40 ming muxlis kelgan.
SHtat gubernatori Nasir el-Rufay barcha chiptalarni o'zi sotib oldi va stadionga kirishni bepul qilib qo'ydi. SHu bois bahsga qiziqish haddan tashqari oshib ketdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar