“Nicca” – “Sent-Eten” o'yini vaqtidagi tartibsizliklarda 9 ta kishi jarohatlandi
25 noy 2013 12:15
Yangiliklar


“Nicca” – “Sent-Eten” o'yini vaqtidagi tartibsizliklarda 9 ta kishi jarohatlandi
Franciya chempionati doirasida bo'lib o'tgan “Nicca” – “Sent-Eten” o'yini vaqtida (1:0) sodir bo'lgan tartibsizlikdan 9 ta kishi jabr ko'rgan, deb xabar beradi Reuters.
O'yin boshlanishidan taxminan bir soat oldin maydonga yig'ilgan “Sent-Eten” klubi muxlislari o'rindiqlarni sindirib, raqib muxlislariga uloqtirishgan. Oradan oz muddat o'tib tartibsizlikni bostirish uchun policiya etib kelgan. Ular mehmon muxlislarni maydondan olib chiqib ketyotgan paytda esa, ikkala tomon muxlislari to'qnashib ketishgan. Tartibsizliklar oqibatida 9 nafar kishi engil jarohat olgan va 200 ta o'rindiq sindirib tashlangan.

Fikrlar