"Nicca" APL klublari qiziqayotgan himoyachisi uchun narx belgiladi Yangiliklar

"Nicca" APL klublari qiziqayotgan himoyachisi uchun narx belgiladi

Futbolchi yozda "burgutlar"ni tark etishi mumkin.

"Nicca" mavsum oxirida himoyachi Jan-Kler Todiboni sotishga tayyor. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Futbolchiga Angliyaning bir qancha klublari, jumladan, "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. "Burgutlar" futbolchini 40 million funtga baholamoqda.

O'tgan yozda Todiboga takliflar bo'lgandi, ammo u baribir "Nicca"da qoldi. Mavsum yakunida franciyalik futbolchi klubini o'zgartirishga qaror qilishi mumkin.

24 yoshli markaziy himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика