Neymar yangi shartnoma bo'yicha, klubda eng ko'p maosh oladigan ikkinchi futbolchi bo'ladi
10 sen 2015 18:14
Yangiliklar
Neymar yangi shartnoma bo'yicha, klubda eng ko'p maosh oladigan ikkinchi futbolchi bo'ladi
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, sport direktori Robert Fernandes shu kunlarda Neymarning otasi bilan futbolchining shartnomasini uzaytirish borasida muzokara o'tkazmoqchi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad, ular Neymarni "Barselona"da eng ko'p maosh oluvchilar ro'yxatida ikkinchi o'ringa ko'tarmoqchi. Ayni damda braziliyalikning yillik maoshi 7 mln. evroni tashkil qilyapti va u maosh borasida Lionel Messi va Andres Inestadan so'ng uchinchi o'rinni egallab turibdi. Messi bir yilda 20 mln. evrodan ko'proq ishlab topadi, Neymarning maoshi esa 2 marotaba ko'tariladi. Braziliya terma jamoasi hujumchisining badal puli 190 mln. evro bo'lishi kutilmoqda.
Fikrlar