Neymar Ronalduning natijasini takrorladi
22 may 2022 10:00
Yangiliklar


Neymar Ronalduning natijasini takrorladi
Franciya chempionati 38-turida PSJ 5:0 hisobida “Mec”ni mag'lub etdi.
Uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etgan Neymar parijliklar safidagi gollari sonini 100 taga etkazib oldi. Avvalroq, u “Santos” va “Barselona” yuzlik dovonni zabt etgandi.
XXI asrda faqatgina Krishtianu Ronaldu uchta har xil klub bilan bunday natijaga erishgan. U “Real”, MYU va “Yuventus”da 100+ to'p kiritgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar