Neymar qancha muddatga safdan chiqqani xabar qilindi. U “Bavariya”ga qarshi javob bahsida o'ynaydimi?
20 fev 2023 09:05
Yangiliklar


Neymar qancha muddatga safdan chiqqani xabar qilindi. U “Bavariya”ga qarshi javob bahsida o'ynaydimi?
PSJ azosi Neymar Liga 1 doirasida “Lill”ga qarshi (4:3) uchrashuvda oyog'ini qayirib olib, jarohat olgandi.
"L’Équipe" manbasiga ko'ra, braziliyalik CHempionlar Ligasi doirasida “Bavariya”ga qarshi (8 mart) Myunxenda o'tadigan bahsgacha safga qaytishi mumkin.
Neymarning sog'ayishi uchun taxminan 2-3 hafta talab etilishi aytilmoqda. Kecha u MRTdan o'tgan va tekshiruvlar u jiddiy jarohatdan qutilib qolganini ko'rsatgan. Hujumchining holatiga 48 soat ichida qayta baho beriladi.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli futbolchi joriy mavsum Franciya yuqori divizionida 20 uchrashuvda qatnashib, 13+11 natijaga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar