Neymar qachon jamoa mashg'ulotlarini boshlashi malum bo'ldi
02 apr 2019 23:34
Yangiliklar


Neymar qachon jamoa mashg'ulotlarini boshlashi malum bo'ldi
PSJ hujumchisi Neymar 3-aprel kuni jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shiladi.
Bu haqda klubning twitter ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi xabar bergan.
Braziliyalik futbolchi 23-yanvar sanasida Franciya kubogi doirasidagi 1/16 final “Strasburg”ga qarshi kechgan (2:0) bahsda oyog'idan jarohat olgandi. Malumotlarga ko'ra, futbolchi chorshanba kungi mashg'ulotlarda qatnashish bilan birgalikda bir nechta tibbiy testlardan ham o'tadi.
Neymar joriy mavsum 20ta uchrashuvda qatnashib, o'z hisobiga 23ta gol va 11ta golli uzatmani yozib qo'ygan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar