Neymar PSJni tanqid qilmagani uchun klubdan pul oladi
06 sen 2021 19:42
Yangiliklar
Neymar PSJni tanqid qilmagani uchun klubdan pul oladi
Franciyaning PSJ klubi va hujumchi Neymar o'rtasidagi shartnoma tafsilotlari malum bo'ldi.
SHartnomada Neymar Parij klubida xushmuomala, do'stona va muxlislarga yaxshi munosabatda bo'lgani uchun qo'shimcha bonus olishi ko'zda tutilgan. SHuningdek, shartnoma bandiga futbolchining PSJ taktikasini tanqid qilishini taqiqlash ham kiritilgan.
Kelishuvga ko'ra, Neymar har bir o'yindan oldin muxlislar bilan salomlashishi va o'yinlardan keyin ular bilan xayrlashishi shart. Unga PSJ faoliyatiga oid qarama-qarshi izohlar qoldirish, shuningdek, klub, uning xodimlari va muxlislari haqida salbiy gapirish taqiqlangan.
Har oy Neymar shartnomaning ushbu bandi bo'yicha 541 ming evro bonus oladi. Bu futbolchining axloqini yaxshilash uchun qo'shilgan band ekanligi aytildi.
Fikrlar