Neymar PSJga Suaresni olib kelishga ko'maklashadi
01 sen 2020 23:14
Yangiliklar
Neymar PSJga Suaresni olib kelishga ko'maklashadi
Jurnalist Tankerdi Palmeri o'zining Tvitterdagi sahifasida yozishicha, PSJ rahbariyati “Barselona” hujumchisi Luis Suaresning transferi borasida ishga kirishgan.
Jurnalistning xabariga ko'ra, parijliklar 33 yoshli urugvaylik futbolchi bilan ushbu masalada aloqaga chiqishgan. Malum bo'lishicha, ushbu jarayonda PSJ forvardi Neymar ham faol ishtirok etmoqda. Parij klubi urugvaylik forvarda yiliga 20 million evro maosh to'lamovchi. Ilgariroq hujumchining xizmatlariga “Yuventus” ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Luis Suares 2014 yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakuniga etgan mavsumda futbolchi jamoasi safida barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar