Neymar “Oltin to'p-2022” haqida: “U kamida uchlikda bo'lishi kerak edi”

Eldor Akmurzayev
19 okt 2022, 08:10
PSJ forvardi Neymar “Oltin to'p-2022”ga ovoz berish jarayoniga to'xtaldi.

Karim Benzema sovrin egasiga aylangan bo'lsa, kuchli uchlikdan Sadio Mane hamda Kevin de Bryuyne o'rin egalladi.

“Benzema, sen bunga haqli eding. Vinisius sakkizinchi bo'lib turibdi? Bunday bo'lish kerak emas. U kamida 3-o'rinda bo'lishi lozim”, deya fikr bildirgan braziliyalik.

Vinisius Junior o'tgan mavsum “Real” safida 52 bahsda qatnashib, 22+20 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru