Neymar Messiga: "Tabriklayman, aka! Futbol ushbu lahzalarni kutgandi"
11 iyu 2021 22:39
Yangiliklar
Neymar Messiga: "Tabriklayman, aka! Futbol ushbu lahzalarni kutgandi"
PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar "Barselona"dagi sobiq jamoadoshi Lionel Messining Amerika kubogini qo'lga kiritgani bilan tabrikladi.
Finaldan keyin braziliyalik va argentinalik futbolchilar quchoqlashgancha suhbatlashdi.
"Mag'lubiyat menga azob beradi. Hali ham ko'nikolganim yo'q. Mag'lubiyatdan so'ng men ko'rgan tarixdagi eng buyuk futbolchi — do'stim va akam Messini quchoqlash uchun bordim.
Men xafa edim va unga aytdim: "Jin ursin, siz meni engdingiz". Afsuski, men yutqazdim, lekin bu yigit g'oyatda zo'r! Men uni haqiqatan ham futbol uchun va ayniqsa, men uchun qilgan ishlarini hurmat qilaman.
Men yutqazishni yomon ko'raman! Ammo siz kubokdan zavqlaning! Futbol ushbu lahzani kutgan edi. Tabriklayman, aka", — deb yozdi Neymar.
Fikrlar