Neymar Messi, Valdes va "Real" futbolchilari haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2019, 00:05
PSJ a'zosi Neymar o'zi bilan birga to'p tepgan, unga qarshi o'ynagan eng kuchli futbolchilar hamda o'zi bilgan eng yaxshi darvozabon haqida gapirdi.

 Shuningdek, u Real hujumchisi Vinisius Juniorni kelajakda Oltin to'pga da'vogarlik qilishi mumkinligi haqida aytdi.

“Messi – men o'ynagan futbolchilar orasida eng yaxshisi. Men uchun u dunyoda tengsizi va men ko'rganlar ichida eng zo'ri. U bilan birgalikda harakat qilganimiz esa esda qolarli bo'lgan. Messi bilan o'ynash men uchun faxr va rohat olib kelardi. Bundan tashqari,  u mening do'stim hamdir.

Serxio Ramos – men to'qnash kelgan futbolchilar orasida eng kuchlisi.  

Viktor Valdes – men taniganlar ichida eng ajoyib darvozabon hisoblanadi. 

Vinisius – juda yosh futbolchi. O'ylashimcha, ko'p o'tmay u ko'zga ko'ringan o'yinchi bo'lib yetishadi. U eng yaxshilaridan biri bo'lib, Oltin to'p uchun kurashadi. U o'z o'ylagan maqsadiga etadi deb o'ylayman”, – deya qayd etgan parijliklar forvardi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Oh My Goal