Neymar jarohati tufayli qancha muddat maydonga tusha olmasligi oydinlashdi
14 okt 2019 21:50
Yangiliklar


Neymar jarohati tufayli qancha muddat maydonga tusha olmasligi oydinlashdi
PSJ hujumchisi Neymar Nigeriya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinining 12-daqiqasida olgan jarohati sababli bir oyni o'tkazib yuboradi.
Bu haqda klub rasmiy sayti malum qildi. MRT natijalariga ko'ra, braziliyalik futbolchi 4 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Joriy mavsum Neymar PSJ safida Liga 1ning 5 ta o'yinida 4 ta gol urdi. Forvard jarohati tufayli mavsum startini ham o'tkazib yuborgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar