Neymar: "Fransiya ligasini kuchaytirish uchun PSJga o'tdim"

Aslanov Jasurbek
15 noya 2017, 17:12
PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar yosh ingliz muxlisiga nega "Barselona"dan Fransiya klubiga o'tgani haqida aytib berdi.

Braziliyalik bu haqida Angliya - Braziliya uchrashuvidan oldin tribuna ostida aytdi.

Jamoalar maydonga chiqishga tayyorlanayotganda, maydonga futbolchilar bilan birga chiqib boradigan bolakaylardan biri Neymardan nega PSJga o'tganini so'radi.

"Fransiya ligasini kuchaytirish uchun PSJga o'tdim" - dedi Neymar.

Joriy mavsum Neymar Fransiya chempionatining 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 7ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror