Neymar ECHL g'olibi bo'lish uchun nima kerakligini aytdi
08 okt 2022 09:39
Yangiliklar
Neymar ECHL g'olibi bo'lish uchun nima kerakligini aytdi
PSJ futbolchisi Neymar CHempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun nimalar kerakligini aytdi.
"Hozir o'zimni to'laqonli futbolchi sifatida his qilyapman. Men himoyalanishim, hujumga chiqib gollar urishim, hal qiluvchi paslarni amalga oshirishim mumkin. Eng yaxshi himoyachi emasligimni bilaman. Ammo jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilaman.
CHempionlar ligasida g'alaba qozonish uchun jamoa qattiq mehnat qilib, gol o'tkazib yubormasligi, raqibga imkon bermasligi kerak. Bu normal holat. Biz hal qiluvchi bosqichlarga tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi PSJ futbolchisi.
Fikrlar