Neymar bugun mashg'ulotlarni boshlaydi
03 apr 2019 12:00
Yangiliklar


Neymar bugun mashg'ulotlarni boshlaydi
Jarohat sabab 23 yanvardan beri maydonga tushmayotgan PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar bugun mashg'ulotlarni boshlaydi.
SHifokorlar kerakli testlarni o'tkazib olishi uchun 27 yoshli futbolchi maydonda mashg'ulot o'tkazadi. Neymarning holatini to'liq aniqlash uchun klubdagilar ikki hafta davomida hujumchini tibbiy ko'rikdan o'tkazishadi.
"Strasburg"ga qarshi Franciya Kubogi bahsida jarohat olgan braziliyalik operaciya qilinmadi va konservativ yo'l bilan davolanmoqda. Futbolchi o'tgan mavsum ham xuddi shunday jarohat olib, 3 oydan ko'proq maydonga tusha olmagan edi.
Neymar joriy mavsum Liga 1ning 13ta o'yinida 13ta gol urib, 7ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar