Neymar Braziliyaning 2025 yilgi so'nggi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi
04 noy 17:05
Yangiliklar
Neymar Braziliyaning 2025 yilgi so'nggi o'rtoqlik o'yinlariga chaqirilmadi
15 noyabr kuni Braziliya Londonda Senegal bilan, 18 noyabr kuni esa Franciyaning Lill shahrida Tunis bilan o'ynaydi.
Braziliya bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 33 yoshli Neymarni qaydnomaga kiritmadi.
Avvalroq Neymar son mushaklaridan olgan jarohatidan tuzalib, Braziliya chempionatida "Fortaleza"ga qarshi (1:1) o'yinda maydonga tushgandi.
Senegal va Tunisga qarshi o'yinlar uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar: Bento («Al Nassr»), Ederson («Fenerbaxche»), Ugo Souza («Korintians»)
Himoyachilar: Aleks Sandro («Flamengo»), Kayu Enrike («Monako»), Danilo Luis da Silva («Flamengo»), Eder Militao («Real»), Fabrisio Bruno («Flamengo»), Gabriel Magalyaes («Arsenal»), Lusiano Juba («Sport Resifi»), Markinos («PSJ»), Paulo Enrike («Vasko da Gama»), Uesli Fransa («Roma»)
Yarim himoyachilar: Andrey Santos («Chelsi»), Bruno Gimaraes («Nyukasl»), Kazemiro («Manchester Yunayted»), Fabino («Al-Ittixad»), Lukas Paketa («Vest Xem»)
Hujumchilar: Estevao Villian, Juan Pedro (ikkisi — «Chelsi»), Luis Enrike («Zenit»), Mateus Kunya («Manchester Yunayted»), Risharlison («Tottenxem»), Rodrigo, Vinisius Junior (ikkisi — «Real»), Vitor Roke («Palmeyras»)

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar