Neymar “Barselona”ga qaytmoqchi, ammo...

7 sen 2018, 23:35
PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Parij klubiga o'tganidan afsusda.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, futbolchi “Barselona”ga qaytish niyatida. Neymarga jamoada yetakchilikni qo'lga olish uchun Kavani va Mbappe bilan raqobatlashish yoqmayapti.

Nashri ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli braziliyalik futbolchi Kataloniyaga qaytish niyatida “Barselona” rahbariyatidagi tanishlari bilan aloqaga chiqan. Shuningdek, u 2019 yilda “Real”ga o'tishi mumkinligini ham inkor etmayapti.

O'z navbatida “Barselona” Neymarni ortga qaytarishni u qadar istayotgani yo'q. Ko'k-anorranglilar rahbariyatining fikricha, braziliyalik ketgach, jamoa tarkibi keraklicha kuchaytirildi va “Barsa” futbolchining xizmatlariga muhtoj emas.

Neymar 2017 yilning avgustida 222 million evro evaziga “Barselona”dan PSJga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo