

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik "Barselona"ga qaytmoqchi. Neymar PSJga o'tganidan afsusda va bu haqda "Barsa" rahbariyatiga ma'lum qilgan.
U Fransiya chempionatining kuchsizligini va PSJning pullariga uchganini, Messining soyasidan chiqishga urinib xato qilganini tushundi.
Neymar Kataloniya klubiga qaytmoqchi va buning uchun u nima qilishi kerakligini so'radi. Transfer 2018 yilning yozida bo'lmaydi. Agar bu sodir bo'lsa ham, 2019 yilda amalga oshishi mumkin.
"Barselona"dagilar Neymarning qaytishi haqida bahslashishmoqda.



