Neymar: "Argentina finalga chiqishini xohlayman"
06 iyu 2021 19:59
Yangiliklar
Neymar: "Argentina finalga chiqishini xohlayman"
PSJ va Braziliya terma jamoasi forvardi Neymar Amerika Kubogi finalida Argentina bilan to'qnash kelishni istaydi.
"Men Argentina finalga chiqishini xohlayman. Yarim finalda Argentinaga muxlislik qilaman, chunki ular orasida do'stlarim ko'p. Finalda esa Braziliya g'olib chiqadi", – dedi Neymar America TV'ga.
Braziliyadan tashqari turnirning ikkinchi finalchisi ertaga Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanuvchi Argentina – Kolumbiya o'yinidan keyin aniq bo'ladi.
Amerika Kubogi finali 11 iyul Toshkent vaqti bilan 05:00 ga belgilangan.
Fikrlar