Nevill - MYUning o'yini haqida: "Bir hafta davomida jamoaning o'yinini tezlashishini aytishgandi"
12 dek 2021 14:48
Yangiliklar
Nevill - MYUning o'yini haqida: "Bir hafta davomida jamoaning o'yinini tezlashishini aytishgandi"
"Unchalik yaxshi o'yin bo'lmadi. "Yunayted"ning istalgan raqibi etarlicha muammolar keltirmoqda. "Brentford"ga qarshi boshqacharoq o'ynashi kerak, aks holda jamoa mag'lub bo'ladi.
Rangnik qo'l ostidagi birinchi o'yindan keyin bir hafta davomida hamma MYUning faollashishini aytgandi, chunki ular yuqori pressing qila olishdi. "Norvich" bilan esa unday bo'lmadi. To'p bilan va to'psiz o'yinni tushunish qiyin bo'ldi.
Ushbu futbolchilarda bahsga tayyorlanish uchun bir hafta vaqt bo'lgandi. Biroq ular ilk daqiqalardanoq sekin harakat qilishdi. O'yin shunchalik sekinki, bunga ishonib bo'lmaydi. Ularning to'p yo'qotishini ko'rib esa aqlni yo'qotish mumkin.
MYUga kuch etishmayotgani men uchun ham topishmoq. Seshanba kungi o'yindan keyin biz ham Rangnik kabi ko'p narsalarni bilib olamiz. U hali ham futbolchilarni o'rganish jarayonida", - dedi Nevill.
Fikrlar