Nevill: "Ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi"
11 iyu 2021 12:35
Yangiliklar
Nevill: "Ikkinchi imkoniyat bo'lmaydi"
Angliya termasi sobiq futbolchisi Gari Nevill milliy jamoaning Evro-2020 finalida Italiya termasiga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Mamlakat uchun muhim onlar. Bu yigitlar bu kabi uchrashuvlarda boshqa qatnashmasligi mumkin. Ikkinchi imkoniyat esa berilmaydi. Boring va sovrinni yuting.
Gap faqatgina o'yinda emas. CHorshanba tunida hamma qatori men ham g'alabadan sarmast edim. Umuman olganda hali hech nimaga erishilgani yo'q.
Fakt shundaki, ayni damdagi bosh murabbiyga ishonaman. U yaxshi kollektiv yig'di, futbolchilarga Angliya termasi tarkibida o'ynash yoqadi. Ular va men uzoq yillar davomida miyada aylangan eng yomon hayolotlardan halos bo'ldik.
SHu boisdan ularga tan berish kerak. Futbolchilar nafaqat maydonda, balki, uning tashqarisida ham boshqalarga namuna bo'la olishmoqda", - dedi Nevill.
Fikrlar