Nevill: "Gleyzerlar Evropani fermaga aylantirmoqchi bo'ldi"
02 may 2021 21:54
Yangiliklar


Nevill: "Gleyzerlar Evropani fermaga aylantirmoqchi bo'ldi"
"Bu noroziliklar o'zidan o'zi bo'lib qolgani yo'q. Bundan ikki hafta oldin Gleyzerlar va "Liverpul" egalari nafaqat Angliyani, balki, butun Evropani fermaga aylantirmoqchi bo'ldi. Ular katta pul to'plab, boshqalardan pullarni ayirishni istashdi.
"Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" - ingliz futbolining otaxonlari. Ular o'z tajribalarini, kerak bo'lsa, pullarini ham boshqalar bilan bo'lishishi kerak. Anelli yoki Gleyzerlarning qilgan ishini hech qaerda oqlab bo'lmaydi. Achinarlisi, bunday insonlarga Angliya futbolida o'rin bo'lmasligi kerak.
Gleyzerlar futbol ichida bo'lmagan. U o'z aybini yuvgani ham, omma oldida chiqish ham qilgani yo'q. U muxlislar bilan muloqotda ham bo'lmaydi. Alam qiladigani shuki, aybli ish qilganidan keyin muxlislardan uzr ham so'ramadi. Muxlislarning noroziligi sababi shunda. Ha, bugun muxlislarni eshitishimiz kerak. Ularga namoyishlarga qo'yib berishimiz kerak. Ammo ertaga reglament gapiradi. Aybdorlar o'z jazosini oladi. Biroq bugun biz faqatgina muxlislarni tinglashga majburmiz", - dedi Nevill.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar