Nevill: "Birgina yangi futbolchi "Manchester Yunayted"ni chempion qiladi"
28 iyu 2020 15:33
Yangiliklar


Nevill: "Birgina yangi futbolchi "Manchester Yunayted"ni chempion qiladi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Fil Nevillning aytishiga ko'ra, "qizil iblislar" chempionlik uchun yana bir transferni amalga oshirishi kerak.
"Menimcha yangi futbolchi kerak. "Liverpul" Virjil va Alisson bilan qanday kuchayganini ko'ring. Bir transfer orqali MYU ham shunday bo'la oladi. Yana bir markaziy himoyachi kerak. Maguayr rostdan ham MYU himoyasini kuchaytirdi. Ammo uning yoniga yana bir tartibli sherik kerak bo'lmoqda", - dedi Nevill.
O'tgan yozda mankunianliklar tarkibni Denil Jeyms, Garri Maguayr va Aaron Uan-Bissaka kabi futbolchilar bilan kuchaytirgandi. Qishda esa Brunu Fernandesh tarkibga qo'shib olindi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar