Nesterov va Kapadze O'zbekiston rekordini takrorlashdi!
19 noy 2017 16:11
Yangiliklar
Nesterov va Kapadze O'zbekiston rekordini takrorlashdi!
"Lokomotiv"ning ikki futbolchisi bu yil 12-bor O'zbekiston chempioni bo'ldi.
Darvozabon Ignatiy Nesterov "Paxtakor" va "Bunyodkor" safida jami 10 marta chempionlikka erishgan edi.
Yarim himoyachi Timur Kapadze esa "Neftchi", "Paxtakor" va "Bunyodkor" tarkibida 10 bor chempion bo'lgandi. Ikkala futbolchi o'tgan yil "Lokomotiv" safida 11-marta mamlakat chempionatining oltin medallariga ega chiqishgandi.
SHu tariqa Nesterov va Kapadze O'zbekiston chempioni bo'lish borasida mutloq rekordchi Anvar Solievga etib olishdi. "Navbahor" sport direktori bo'lib ishlayotgan Soliev yurtimizda birinchi bo'lib 12 marta O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'lgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar