Nesta "Frozinone" boshqaruvidan istefoga chiqarildi
22 mar 2021 19:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626754_original.jpg)
![](/upload/storage/626754_220.jpg)
Nesta "Frozinone" boshqaruvidan istefoga chiqarildi
"Frozinone" jamoasini boshqarib kelayotgan Alessandro Nesta 22 mart kuni murabbiylikdan istefoga chiqarildi, deya xabar bermoqda italyan klubi rasmiy sayti.
Boisi "Frozinone" jamoasi Nesta qo'l ostida muvaffaqiyatsiz natijalar qayd etayotgandi. Mazkur klub so'nggi 18 uchrashuvning faqat 2 tasini g'alaba bilan yakunladi va B Seriya turnir jadvalida 12-pog'onani band qilib turibdi.
"Milan" va Italiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan muxlislarga tanilgan Nesta "Frozinone"ni 2019 yilning iyunidan beri boshqarib kelayotgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar