So’nggi yangiliklar

14:25Гризманн Франция терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди  0 14:14Ихор Корсун: "Кейинги босқичдаги рақибимиз — Бразилия? Бу ҳақда сиздан эшитдим"  0 13:55Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионати ҳафта жамоасидан ўрин олди  3 13:20Аргентина дарвозабони Сармиенто: "Игитага қарши ўйнаш – бутунлай бошқа футзал"  0 12:56Ниҳоят, МЮ Тен Ҳаг ўрнига мураббий қидира бошлади  10 12:30Афсонавий Буффон иккинчи марта уйланди. Унинг рафиқаси "Sky Sports" собиқ ходимаси   3 12:07Суперлига. 21-тур учрашувларининг санаси маълум  2 11:46Хитой Тайпейидаги қийинчиликлар, Суперлига мураббийларига раҳмат, Аргентина ва Уругвайга қарши бўлажак ўйинлар ҳақида — Фарҳод Нишонов  0 11:40Рафаэль Морильо: "Бир кун келиб, шоҳсупадан ўрин оламиз"  0 11:35Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025: ФИФА стадионлар рўйхатини эълон қилди  4 11:03U-20 Осиё кубогига чиққан барча иштирокчилар маълум бўлди. Марказий Осиёдан иккита терма жамоа бор  5 10:42"Андижон" бош директори кубок финалидан олдин ўз фикрларини билдириб ўтди  9 10:21Превью. "Персеполис" - "Пахтакор"  10 10:06Тен Хаг кечаги шармандали мағлубиятдан сўнг истеъфоси ҳақидаги саволга жавоб берди  20 08:46ЦСКА футболчиси Аббосбек Файзуллаевни мақтади  18

Nemischa mahsuldorlik va ruscha muvozanat Yangiliklar

Nemischa mahsuldorlik va ruscha muvozanat

20 jahon chempionatidagi turli xil rekordlar, jamoaviy va shaxsiy natijalar – bizning navbatdagi materialimizda.
Har qanday katta turnirdan ajoyib muxlislik va hislardan tashqari, nafaqat muxlislarni, balki mutaxassislarni ham qiziqtiradigan raqamlar qoladi.

Bugun sizga 32 terma jamoaning asosiy statistik ko'rsatkichlarini namoish etamiz. Boshqa turnirlardan farqli o'laroq, jahon chempionatida barcha jamoalar bir xil miqdorda uchrashuv o'tkazishmaydi. SHu sababli biz jamoalarning o'rtacha ko'rsatkichlarini taqdim etamiz.

Gollar

Gol urish bo'yicha etakchilar – Germaniya(18), Gollandiya(15) va Kolumbiya(12) terma jamoalari. Eng ko'p Braziliya(14), Avstraliya va Kamerun(9 tadan) gol o'tkazib yuborgan.
Bir uchrashuvda o'rtacha gol urish bo'yicha Germaniya(2.57), Kolumbiya(2,4) va Gollandiya(2,14) oldinda.
Eng kam gol o'tkazgan terma jamoalar Kosta-Rika(0,4) va uchchala medal egalari (0,57).
Eng kam gol urganlar Eron, Gonduras va Kamerun terma jamoalri(0,33).
Bir uchrashuvda o'rtacha gol o'tkazib yuborganlar o'rtasida Kamerun, Avstraliya(3,0 dan) va Gonduras(2,67) etakchi.



Bir uchrashuvda eng kam foydalilik koefficienti, mundialning asosiy yangiligi bo'lgan Kosta-Rika(1,4) ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan. Keyingi o'rinlarda esa Italiya, Rossiya va Eron(1,67).

Eng ko'p gol urilgan uchrashuvlar Xorvatiya va Avstraliya(4,0 dan) ishtirokida bo'lgan. Ularni ortida Ispaniya va Portugaliya(3,67 dan) terma jamoalari turibdi.

Jahon chempionatida eng ko'p gol urilgan uchrashuvlar – Braziliya – Germaniya (1:7), SHveycariya – Franciya (2:5), Ispaniya – Gollandiya (1:5) va Janubiy Koreya – Jazoir (2:4).

Gol urilmagan uchrashuvlar soni 7 ta .

Penalti

Mundialda 13ta penalti belgilandi va ularning 12tasi gol bilan yakun topdi. Yagona urilmagan penalti francuzlarga tegishli, ammo bu standart hal qiluvchi ahamiyatga ega emasdi.
Kolumbiya, Gollandiya va Franciya terma jamoalari ikki martadan penalti tepishgan. Gollandiya va Braziliya terma jamoalari darvozasiga ikki martadan penalti belgilangan.

Ogohlantirish

Eng ko'p sariq kartochka olganlar – Braziliya (14), Kosta-Rika va Gollandiya (11tadan). O'rtacha bir uchrashuvda eng ko'p sariq kartochka olgan terma jamoalar – Kot-d’Ivuar (2,33) va Kosta-Rika (2,2). Etti terma jamoada 2tadan.

Braziliya va Gollandiyada 14 tadan ogohlantirish bor, Argentinada 13ta. Bir o'yinda  o'rtacha olib hisoblaganda Rossiya(2,67), Greciya(2,5) va Ispaniya(2,33) etakchi.

Portugaliya terma jamoasi futbolchilari bor yog'i 2ta sariq kartochka olishgan. O'rtacha olib hisoblaganda ham ular oldinda – Portugaliya(0,67), SHveycariya va Nigeriya (0,75 dan).

Bir uchrashuvda eng ko'p kartochka olganlar – Greciya (4,25) va Kosta-Rika (4,2). Braziliya, CHili, Rossiya va Gondurasda 4tadan. Eng kam kartochkalar Nigeriya (1,5), Eron (1,67) va yana olti jamoa ishtirokida ko'rsatilgan.

Eng ko'p kartochka 120 daqiqa davom etgan Braziliya – CHili(4+3) va Kosta-Rika – Greciya(5+2) uchrashuvlarida sovg'a qilingan. 90 daqiqalik bahslarda Franiya – Gonduras jamoalar 3 tadan ogohlantirilgan. 10 uchrashuvda bittadan kartochka ko'rsatilgan.

CHetlatish

64 uchrashuvda 10 ta qizil kartochka ko'rsatilgan – 7tasi to'g'ridan-to'g'ri va 3tasi ikkinchi sariq kartochka. Hech bir jamoada bittadan ko'p futbolchi chetlatilmagan. Franciyaning ikki raqibi qizil kartochka bilan siylangan. Bular gonduraslik Uilson Palasios va ekvadorlik Luis Antonio Valensiya.

Darvozaga zarbalar

Darvozaga bir uchrashuvda o'rtacha zarba berish bo'yicha Gana(19,7) oldinda. Ularning ortidan belgiyaliklar (18,2) va francuzlar(18) borishmoqda. Bu poygada Eron (7,3) autsayder. Keyingi o'rinlarda Kosta-Rika(7,6) va Avstraliya (9,0) terma jamoalari. Kosta-Rika ikki o'yinda qo'shimcha taymlar o'tkazmaganda, natijasi bundanda past bo'lar edi.



Eng ko'p AQSH (23,0), SHveycariya (18,5) va Ekvador (18,0) terma jamoalari darvozasiga zarba berilgan. Eng kam esa ispanlar, inglizlar(8,0 dan) va gollandlar (9,0) darvozasi nishonga olingan.

Eng ko'p zarbalar SHveycariya (37,8), AQSH (33,3) va Portugaliya (33,0) ishtirokidagi o'yinlarda bo'lgan. Eng kam zarbalar esa Angliya (20,7), Avstraliya va Eron (21,3 dan) terma jamoalari uchrashuvida bo'lgan.

Eng ko'p zarba Belgiya – AQSH (52) uchrashuvida berilgan, ammo o'sha o'yin 120 daqiqa davom etgan. 90 daqiqalik Nigeriya – Bosniya va Gercegovina uchrashuvida 46 zarba berilgan.  Kosta-Rika – Angliya uchrashuvida bor yo'g'i 12ta zarba bo'lgan.

Darvozaga berilgan aniq zarbalar

Ko'proq aniq zarbalarni Belgiya (11,8), Franciya (11,4) va Braziliya (10,3) terma jamoalari berishgan.

Kosta-Rikaliklar besh uchrashuvda bor yo'g'i 18 marotaba(3,6 o'rtacha) aniq zarba bergan. Eron(4,0) va avstraliyaliklar(4,7) ulardan keyingi o'rinlarni egallab turishibdi.

Eng ko'p aniq zarba qabul qilganlar – AQSH (13,3), SHveycariya (12,5) va Kamerun (12,3). Belgiya – AQSH uchrashuvida 27 marta Tim Xovard darvozasiga aniq zarba bo'lgan, shu sababli ham u bilan hazillashgan tartib buzarlar uni “Vikipediya”da AQSH mudofaa vaziri lavozimiga qo'yishgan.
Eng kam aniq zarba Gollandiya (5,0), Braziliya va Kot-d’Ivuar (5,7 dan) darvozasiga berilgan. Ammo braziliyaliklar 40 aniq zarba bilan 14 ta gol o'tkazib yuborishgan.

Avstraliya terma jamoasi ispanlar darvozasiga bitta ham aniq zarba berishmagan, bor yo'g'i bittadan chililiklar Gollandiyaga, amerikaliklar Germaniyaga, jazoirliklar Belgiyaga aniq zarba berishgan.

Germaniya – Braziliya uchrashuvida Julio Sezar darvozasiga berilgan aniq 12 zarbadan 7 tasi golga aylangan. Ispaniya terma jamoasi darvozasiga uchta o'yinda 15ta aniq zarba berilgan, Iker Kasilyas esa ikki o'yinda 7 bor to'pni o'z darvozasidan olib chiqqan. Inglizlarda yaxshiroq: 10 zarbada 4 ta gol o'tkazilgan.

SHveycariya (22,5), AQSH (20,0) va Belgiya (18,8) ishtirokidagi o'yinlarda ko'proq aniq zarba bo'lgan. Kam zarbalarni esa – Angliya (9.0), Meksika (11,8), Kosta-Rika,Urugvay va Eron (12 tadan) terma jamoalari bergan.

Qoida buzishlar

Qoida buzish bo'yicha etakchilar – Kosta-Rika (19), Urugvay (18,5), va Kolumbiya (18,2). Qolganlarga qaraganda tozaroq o'ynaganlar – ispanlar (9,3), Ekvador (10,0) va Nigeriya (10,8).
Eng ko'p greklar(22,0), chililiklar (21,5) va braziliyaliklar(19,0)ga qarshi  qoida buzishgan. Kamroq jabrlanganlar Xorvatiya (9,3), Ekvador (10,0) va Nigeriya (10,8).



Eng ko'p qoida buzilishlar Greciya(37,0), CHili (36,8) va Braziliya(36,6) ishtirokidagi o'yinlarda bo'lgan, eng kam esa Rossiya (24,3), Ispaniya va Kamerun (25 tadan) ishtirokida.

Mundialning eng qo'pol o'yini Braziliya – Kolumbiya uchrashuvi bo'lgan, tinchliksevarlar ishtirokidagi baxsda esa Nigeriya va Bosniya va Gercegovina qatnashgan (16).

Burchak zarbalar

Eng ko'p burchak to'plarini Belgiya (7,8), Angliya (7,3) va Franciya (7,0) uzatgan. Avstraliya(2,0), Italiya (3,0) va Jazoir (3,5) terma jamoalarida teskari natija. Meksika (8,8), SSHA (8,3) va Eron (7,7) darvozalari oldida ko'proq burchak to'plari belgilangan. Eng kam burchak zarbalari Ispaniya (1,3), Franciya va Gollandiya (3,6 dan) darvozasi oldida bo'lgan.

Nigeriya (13,5), Meksika (12,8) va Belgiya (12,4) ishtirokidagi o'yinlarda ko'p burchak to'plari kuzatilgan. Minimal natija esa Avstraliya (5,7), Ispaniya (7,0) va Italiya (8,7) ishtirokida bo'lgan.

Meksikaliklar bilan uchrashuvda gollandiyaliklar, amerikaliklar bilan uchrashuvda belgiyaliklar 19 tadan burchak zarbalaridan foydalanishgan. Gonduras terma jamoasi Franciya bilan uchrashuvda bitta ham burchak to'pi olishmagan.

Eng ko'p burchak zarbalar Belgiya – AQSH uchrashuvida uzatilgan, eng kami esa CHili – Avstraliya o'yinida.

O'yindan tashqari holatlar

O'rtacha bir uchrashuvda etti marta italiyaliklar o'yindan tashqari holatda qolishgan. Keyingi o'rinlarda Gana (4,7) va Belgiya (4,4). Minimal natija inglizlarda, Janubiy koreyaliklarda va yaponlarda (0,7).

Kosta-Rika (8,2), AQSH (4,5) va Angliya (4,3) darvozalari oldida ko'proq offsayd yuzaga kelgan. Eron (0,3), Belgiya (0,4), Xorvatiya va Gana (0,7) raqiblari offsaydga juda kam tushishgan.

Kosta-Rika (10,2), Italiya (8,3) va Ispaniya (6,7) terma jamoalari o'yinlarida eng ko'p o'yindan tashqari holat qayd etilgan. Minimal miqdorda esa – Xorvatiya, Janubiy Koreya (2,3) va Gonduras(2,7)da qayd etilgan.

SHveycariya va Italiya Kosta-Rika bilan o'yinda 13 va 11 marta o'yindan tashqari holatda qolishgan.

To'pga egalik qilish

To'pga eng ko'p egalik qilish bo'yicha  Germaniya (58%), Ispaniya va Yaponiya (56%) etakchi. Eron (35%), Jazoir (40%) va Kosta-Rika va Avstraliyada (43%) eng kam natija.

Argentina – Eron (71/29), Germaniya – Jazoir (70/30) va Yaponiya – Greciya (68/32) uchrashuvida katta farq qayd etilgan.

Faqatgina Rossiya terma jamoasida muozanat teng.


xorij saytlari asosida Jasur Aslanov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика