Nematillo Quttiboev: "O'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkon berdik"
30 apr 2024 09:22
Yangiliklar
Nematillo Quttiboev: "O'yin amaliyoti kam bo'lgan futbolchilarga imkon berdik"
O'zbekiston kubogining 3-turidan o'rin olgan "Aral" - "Namangan FA" (3:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Avvalo g'alaba bilan barchani tabriklayman. Ko'proq o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Natija muhim bo'lgan o'yin emasdi, biroq g'alabaga erishib muxlislarimizni xursand qildik.
- Namangan futbol akademiyasi jamoasi haqida fikringiz?
- Yaxshi jamoa ekan. O'yinda chiroyli gol urishga ham erishishdi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushirilgan 11-raqamli futbolchi menda yaxshi taasurot qoldirdi. Surishtirib ko'rdim, 2004 yil ekan. Kelajagi porloq jamoa deb ayta olaman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar