Nemanya Yovanovich: "Bugun yaxshiroq natijaga loyiq edik deb o'ylayman"
07 mar 2016 23:30
Yangiliklar


Nemanya Yovanovich: "Bugun yaxshiroq natijaga loyiq edik deb o'ylayman"
"O'yin qiyin bo'ldi. O'tgan yilgi chempionga qarshi bahs olib bordik. Lekin, bugun bundan ham yaxshiroq natijaga loyiq edik deb o'ylayman. Xatolar bizga qimmatga tushdik. Lekin, bu futbol.
Keyingi o'z maydonimizda bo'lib o'tadigan o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritishni istaymiz. To'g'ri, "Lokomotiv" kuchli jamoa, lekin, o'z o'yinimizni ko'rsatsak kerakli natijaga erisha olamiz.
CHempionlik uchun asosiy davogar? Men uch oylik tanaffusdan so'ng endi kelib qo'shildim. Lekin ko'rinib turibdi: "Nasaf", Lokomotiv", "Paxtakor", "Bunyodkor" kabi jamoalar o'rtasida kurash kechadi.
"Andijon"ning maqsadi barcha o'yinlarda maksimal natijani qo'lga kiritish. Iloji boricha ko'proq ochko to'plash", - deya o'z fikrlariga yakun yasadi "Andijon" futbolchisi.
Aziz To'xtamurodov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar