So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Nemanya Yanichich: “Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi boshqacha futbol namoyish etadi” Yangiliklar

Nemanya Yanichich: “Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi boshqacha futbol namoyish etadi”

Teglar :  LokomotivQizilqum
To'rt oylik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytgan “Lokomotiv” himoyachisi “Qizilqum”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

– Futbol o'ynamaganimga ham ancha bo'lgandi. Bahorda elkamdan jarohat olganim sabab, to'rt oy to'p tepa olmadim. Hozir esa o'zimni yaxshi his qilyapman va navbatdagi o'yinlarda jamoamizga yordam berishga tayyorman, – deydi serbiyalik himoyachi.

– Men uchun to'rt oy futbol o'ynamaslik juda og'ir bo'ldi, ammo oxirigacha sabr qilishimga to'g'ri keldi. Kubok o'yinida murabbiylar menga ham imkon berishdi va bundan juda xursandman. Afsuski, “Mashal” bilan kechgan javob uchrashuvida o'z maydonimizda yutqazib qo'ydik. Balki birinchi o'yinda 4:1 hisobida g'alaba qozonganimiz yigitlarga tasir qilgan bo'lishi mumkin, lekin muhimi yarim finalga chiqdik.

– Yaxshiyam bu mag'lubiyat Kubok bellashuvida yuz berdi va bu narsa bizni keyingi o'yinlarda yanada ehtiyotkor bo'lib harakat qilishga undaydi. Mana ko'rasiz, “Lokomotiv” “Qizilqum”ga qarshi umuman boshqacha futbol namoyish etadi. Maqsadimiz faqat g'alaba qozonib, uch ochkoni qo'lga kiritish.

Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 13-tur qoldirilgan uchrashuvi bugun TTYMI stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика