Neymar Suaresdan uzr so'radi
05 mar 2015 17:12
Yangiliklar


Neymar Suaresdan uzr so'radi
"Barselona" hujumchisi Neymar "Vilyarreal"ga qarshi bahsda to'pni oshirmay, o'zi zarba berib gol ura olmagani uchun jamoadoshi Luis Suaresdan uzr so'radi.
"Suares bilan darvozabonga qarshi ikkiga bir chiqqanimizda, himoyachi menga qarab kela boshladi, shu sabab o'zim zarba berishga qaror qildim. Bunday holatlar uchrab turadi. Biz bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Suaresdan uzr so'rayman va keyingi safar bunday vaziyatda to'pni oshirishga vada beraman" - deydi Neymar.

Fikrlar