Neymar "Sevilya"ga qarshi o'yindagi o'z ishi uchun Xavidan uzr so'radi
17 apr 2015 17:43
Yangiliklar


Neymar "Sevilya"ga qarshi o'yindagi o'z ishi uchun Xavidan uzr so'radi
"Barselona" hujumchisi Neymar jamoa sardori va yarim himoyachisi Xavi Ernandes oldida "Sevilya"ga qarshi o'yindagi ishi uchun uzr so'radi.
O'sha o'yinning 74 daqiqasida Luis Enrike Neymar o'rniga Xavini maydonga tushirishga qaror qildi. Bu holat unga yoqmadi va maydonni tark etayotib o'zining noroziligini bildirdi. Futbolchi keyinroq ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini istayotganini takidladi va Xavidan uzr so'radi.

Fikrlar