Neymar "Barselona"ga o'tishi borasida Braziliya sudida ko'rsatma beradi
20 fev 2015 12:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162837_original.jpg)
![](/upload/storage/162837_220.jpg)
Neymar "Barselona"ga o'tishi borasida Braziliya sudida ko'rsatma beradi
"Barselona" hujumchisi Neymar yaqin vaqt ichida Braziliya sudi oldida ko'rsatma beradi.
Sudga arizani oldinroq "Santos" safini himoya qilgan Neymarning 40% huquqiga ega bo'lgan "DIS" kompaniyasi bo'lgan.
"DIS"ning takidlashicha, ular futbolchining Kataloniya klubiga o'tgani uchun kerakli mablag'ni olmagan. Eslatib o'tamiz, "Barselona" Neymarni 57,1 mln evro evaziga xarid qilganini malum qilgan, ammo tekshiruv ishlaridan so'ng futbolchining transferi 94,8 mln evroga amalga oshgani elon qilindi.
Sud Neymar vakili Vagner Ribeyroga barcha hujjatlarni taqdim etish uchun 5 kun muddat bergan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar